Ukraina qo‘shinlari Xersonga yirik raketa hujumi uyushtirdi

Ukraina qo‘shinlari Xersonga yirik raketa hujumi uyushtirdi

Ukraina qo‘shinlari Xerson va shahar atrofiga yirik raketa hujumi uyushtirdi, havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushirildi, deb xabar berdi RIA Novosti agentligiga Xerson viloyati ma’muriyati matbuot xizmati.

"Kecha kechqurun Ukraina qo‘shinlari Xerson va shahar atrofiga yirik raketa hujumini uyushtirdi. Havo hujumidan mudofaa tizimi ishladi. Raketalarning aksariyati tutib olindi, biroq, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zarbalar bor", — dedi ma’muriyat.

Ularning ta’kidlashicha, ehtimoliy vayronagarchilik haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda.

Ta’kidlanishicha, hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot olinmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!