Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining ma’lum qilishicha, Rossiya harbiylari 21 martga o‘tar kechasi Kursk viloyatida joylashgan "Sudja" gaz o‘lchash stansiyasini artilleriya bilan o‘qqa tutgan.
Avvalroq, Rossiya harbiy blogerlari va Telegram-kanallari ushbu hujumda Ukrainani ayblagan edi. Biroq Ukraina Bosh shtabi bu da’volarni rad etib, Rossiya "Ukrainaga qarshi diskreditasiya kampaniyasini kuchaytirish" uchun bunday harakatlarga qo‘l urmoqda, deya bayonot berdi.
"Sudja" gaz o‘lchash stansiyasini rossiyaliklarning o‘zlari bir necha bor o‘qqa tutgan. Jumladan, o‘tgan yilning yozida ruslar tomonidan boshqariladigan aviasiya bilan bombardimon qilingan, uch kun avval esa rossiyaliklar yana uni boshqariladigan aviasiya bombalari bilan urishgan", deyiladi Bosh shtab xabarida.
The Insider nashri NASA Firms ma’lumotlariga tayanib, 21 martga o‘tar kechasi stansiya hududida katta yong‘in qayd etilganini tasdiqladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Европа Иттифоқининг 2025-йилда Украина учун артиллерия снарядлари харид қилиш учун 5 миллиард евро ажратиши Франция ва Италиянинг позицияси туфайли таҳдид остида.
Маълум қилинишича, биринчи контингент Ҳиндистон, Индонезия, Бразилия ва Саудия Арабистони ҳарбийларидан ташкил топиши мумкин бўлиб, уларни Россия ва Украина чегарасига жойлаштириш кўзда тутилган. Иккинчи контингентга эса...
Tesla’нинг йирик инвестори Newsweek нашрида берган интервьюсида компания директорлар кенгашини Илон Маскни бош директор лавозимидан четлатишга чақирди.