Ukraina harbiylari Rossiya aerodromi va neft omborlariga hujum qildi
Ukraina harbiylari shanba kuni tunda Rossiyaning Morozovsk aerodromi hamda Rossiyaning uchta viloyatidagi qator neft va yoqilg‘i omborlariga hujum qilganini ma’lum qildi.
Aerodromga qilingan hujum o‘q-dorilar omboriga urilgan, u yerda Rossiya kuchlarining boshqa uskunalari qatorida boshqariladigan havo bombalarini saqlanadi, deydi harbiylar.
«Rossiya jangovar aviasiyasi qayerda bo‘lmasin, barcha samarali vositalar bilan yo‘q qilinishi kerak. Shuningdek, Rossiya aerodromlariga zarba berish adolatli», deb yozdi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Telegram’da.
Ukraina prezidenti bir necha bor o‘zining G‘arbdagi ittifoqchilarini chegara yaqinidagi harbiy nishonlarga zarba berishdan tashqari, Rossiyaga uzoq masofali hujumlar qilish uchun g‘arb qurolini ishlatishga ruxsat berishga chaqirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kuchlari o‘tgan haftada Ukrainaga hujum qilish uchun 600 dan ortiq boshqariladigan havo bombalaridan foydalangan.