Ukraina harbiylari Italiyada SAMP-T zenit-raketa majmuasi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini yakunladi

 Ukraina harbiylari Italiyada SAMP-T zenit-raketa majmuasi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini yakunladi



20 nafarga yaqin ukrainalik harbiy xizmatchilardan iborat guruh Italiyada Yevropaning SAMP-T zenit-raketa majmuasi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini yakunladi, deya xabar bermoqda Italiya OAV.

Il Fatto Quotidiano nashriga ko‘ra, mashg‘ulotlar Rim janubidagi Sabaudiya (Lasio viloyati)dagi harbiy bazada bo‘lib o‘tgan. ANSA manbalari bu ma’lumotni tasdiqladi.

Shuningdek, ukrainalik askarlarning yana bir guruhi Rimdagi piyodalar maktabida zirhli texnikani sinovdan o‘tkazgani xabar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya va Fransiya Ukrainaga Rossiya havo hujumlaridan himoya qilish uchun SAMP-T tizimlarini yetkazib berish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi. Ular bahorda kelishi kutilmoqda.

Bu tizim Amerika Patriotining o‘xshashi bo‘lib, u dronlar, raketalar va samolyotlarning hujumlaridan himoya qilishga qodir va Italiyaning Ukraina mudofaasiga qo‘shgan eng katta hissasidir, deb yozadi Il Giornale d'Italia.

Qiymati 700 million yevro bo‘lgan majmua «Aster» raketalari bilan qurollangan (har bir raketaning narxi 400 ming yevrodan 2 million yevrogacha).

Italiyada jami beshta SAMP-T tizimi mavjud, ulardan biri NATOning sharqiy qanotini himoya qilish uchun Slovakiyada joylashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!