Ukraina G‘arb raketalaridan rus yerlarini bosib olishda foydalanmaydi

Ukraina G‘arb raketalaridan rus yerlarini bosib olishda foydalanmaydi

Ukraina Rossiya Federasiyasi hududiga hujum qilish uchun uzoq masofali raketalardan foydalanmasligi uchun kafolat berishga tayyor. Kiyev hali ham o‘ziniki deb hisoblayotgan hududlar uchun qilinayotgan urinishlar esa bundan mustasno — deb ta’kidladi mamlakat mudofaa vaziri Aleksey Reznikov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina G‘arb davlatlaridan 300 km.gacha uchadigan uzoq masofali raketalarni olishga intilmoqda.

Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 2,2 milliard dollarlik harbiy yordam paketini taqdim etishni rejalashtirgan, bu paket avvalroq Kiyevga yetkazilganidan uzoqroq masofaga uchuvchi raketalarni o‘z ichiga oladi, deya xabar bermoqda Reuters.

Gap yerdan uchirilgan kichik diametrli GLSDB 150 km. masofani tashkil etadigan bombalar haqida ketmoqda.

Ammo xabarlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Kiyevga 300 km.gacha uchadigan ATASMS raketalarini yetkazib berish bo‘yicha so‘rovlarni rad etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!