Ukraina energetika tizimida yirik korrupsiya holati aniqlandi
Ukraina energetika vaziri o‘rinbosari korrupsiyada ayblanib hibsga olindi.
Ukraina Bosh prokuraturasi huquq-tartibot idoralari energetika vazirining to‘rt nafar o‘rinbosaridan birini korrupsiya bo‘yicha tekshiruvdan so‘ng hibsga olganini ma’lum qildi.
Vazir va yana bir necha kishi Donetskdagi jangovar zonada joylashgan davlat shirkatidan uskunalarni noqonuniy olib ketish rejasini uyushtirganlikda gumon qilingan.
Prokurorlarning so‘zlariga ko‘ra, guruh jihozlarni olib ketishni davom ettirish uchun 500 000 dollar (458 000 yevro) pora talab qilgan.
Ular 100 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)