Ukraina YEIga hech qanaqasiga mos emas

Ukraina YEIga hech qanaqasiga mos emas

Volodinning aytishicha, Ukraina na Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun, na nomzod maqomiga hech qanaqasiga mos kelmaydi.

Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodinning aytishicha, Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga ham, nomzod maqomini olishga ham mos emas.

“Ukraina na Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun, na nomzod maqomiga hech qanaqasiga mos kelmaydi. Korrupsiya, keng tarqalgan jinoyat, oligarxik hokimiyat va vayron bo‘lgan iqtisodiyot – bular zamonaviy Ukrainaning o‘ziga xos xususiyatlari. Yevropa buni yaxshi tushunadi, lekin ularda Rossiyani zaiflashtirish istagi ustunlik qiladi”, dedi Davlat Dumasi spikeri.

Volodin Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomini Ukrainadan ko‘ra ko‘proq kutayotgan boshqa davlatlarni ham esladi. Ular orasida 1987, 2004 va 2008 yillardan beri navbatda turgan Turkiya, Shimoliy Makedoniya va Chernogoriya ham bor.

“Bugungi kunda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishni kutayotgan beshta nomzod bor…”, deydi u.

Duma spikerining so‘zlariga ko‘ra, “Ukrainaning o‘zini-o‘zi yo‘q qilish hali ham davom etmoqda”.

“G‘arb Rossiyaga qarshi oxirgi ukrainalik qolguncha kurashyapti. Ular muvaffaqiyatga erishmaydi. Shuning uchun Vashington va Bryussel jangovar harakatlar davom etishi uchun hamma narsani qilishga tayyor. Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun nomzod maqomini berish to‘g‘risidagi qarorning sababi shu”, dedi Volodin.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina uchun natija qayg‘uli bo‘ladi.

“Qaror qabul qilish markazi rasman Bryusselga ko‘chiriladi. U [Ukraina] nihoyat o‘z mustaqilligini yo‘qotadi”, dedi Volodin.

Avvalroq, prezident Vladimir Putin Rossiya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga mutlaqo qarshi emasligini, YEI davlatlarining o‘zlari bu ular uchun qanchalik mos ekanini aniqlashi kerakligini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (17 )

    бобур
    Коррупцион, неонацист ДТ да Украина.
    Х
    Украинани кутвриб куришди имкони булмади.Энди Украина на ЕИ га на АКШга ва на НАТОга керак эмас.Украина уларнинг максадига жавоб бермади.
    Channel
    Озгина фойдаланишсин кейин 100% ит каби улоктиришади.
    Х
    😂😂😂😂😂 роса дахшатли ухшатиш килибсиз.Келинг эзилган юракларини эзманг ва маданийрок килиб чайналган сакичдай дея колинг😂😂😂👍👍👍
    Channel
    Ха 😂 украинчалар хафа булиб утиришмасин чайналган сакич учун
    Х
    Барибир итдан кура чайналган булса хам сакич яхшими дейманда😂😂😂👍👍👍
    БЕК
    Шу россияга шундай алам килаябдики, хасислигидан чувуллаб хаммани бошини огритди
    Channel
    Мана курдизми бирпаста Россия ни ёктирмайдиганла фикр билдиришни бошлашди 😂😂
    .....
    Зато узи мазза киляпди. Холаган уйини уйнаяпди дунёда
    Х
    Индаманг "азага борган дардини айтиб йигларкан".Украина хозир тугри маънода огир ахволда ва уларни тушинса булади.
    Sherzodbek
    Ха хали анча ёшлик қилади
    Ukraina halqiga achinasan kishi, nunoq siyosatchilarni oʻzi yetishtirgan har holda, Zelenskiyni olziga Lukoshinko bir tuflab qoʻysa boʻlardi.
    Rossiyaga yon bosganda edi, oshigʻi olchi boʻlardi
    Jahongir
    😂😂😂😂
    Бахромбой
    Оддий халкка кийин булди
    Channel
    ha davlatga ittifoqdosh kere Ukraina yolg'izlanib qoldi yordam bervotganla qarzga botqoqga botirib oxiri ukraina nomiga davlat bo'pqoladi tawqi qarzla kopayadi.
    Channel
    xalqga jabr shu