Ukraina DXR va LXRni tan olganidan keyin Suriya bilan aloqalarini uzdi

Ukraina DXR va LXRni tan olganidan keyin Suriya bilan aloqalarini uzdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy "Damashq Ukraina sharqidagi rossiyaparast tuzilmalarning mustaqilligini tan olishini e’lon qilganidan keyin Suriya bilan diplomatik munosabatlarni to‘xtatganini" e’lon qildi.

Suriya Rossiyadan tashqari Lugansk va Donesk Xalq respublikalarini tan olgan birinchi davlat bo‘ldi.

"Rossiya Suriyadan Donbassdagi ishg‘ol tuzilmalari go‘yoki e’tirof etilgani to‘g‘risida bayonot olishga muvaffaq bo‘ldi", — dedi Ukraina prezidenti kechki videomurojaatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holda Suriya bilan aloqalar davom ettirilmaydi, Damashqqa nisbatan sanksiyalar bosimi, aksincha, yanada kuchayadi.

Ukrainaning Damashqdagi elchixonasi Suriyada davom etayotgan fuqarolar urushi sababli Livanga evakuasiya qilingan paytdan (2016 yil) beri ishlamayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!