Ukraina dronlari hujumi tufayli Rossiyaning yettita aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Rossiya Mudofaa vazirligi 15 fevralga o‘tar kechasi mamlakat hududi uzra 40 ta Ukraina urib tushirilganini ma’lum qildi. Ulardan 17 tasi Volgograd viloyatida, 12 tasi Kaluga viloyatida, 9 tasi Rostov viloyatida va 2 tasi Saratov viloyatida yo‘q qilingan.
Rosaviasiya 15 fevral kuni ertalab Astraxan, Vladikavkaz, Volgograd, Grozniy, Kaluga, Saratov va Ulyanovsk aeroportlari parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yopilganini ma’lum qildi. Moskva vaqti bilan soat 8:45 ga kelib barcha aeroportlar o‘z faoliyatini tikladi.
Volgograd viloyati gubernatori Andrey Bocharovning ma’lum qilishicha, dronlardan birining qoldiqlari turar-joy binosi tomiga tushib, bir fuqaro jarohatlangan. Kaluga viloyatida qulashi natijasida sanoat korxonasi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.