Ukraina Baxmut hududidagi rus bo‘linmalarining bir qismini orqaga surishga muvaffaq bo‘ldi, ammo...

Ukraina Baxmut hududidagi rus bo‘linmalarining bir qismini orqaga surishga muvaffaq bo‘ldi, ammo...

Ammo yo‘qotishlarga uchradi deb xabar bermoqda CNN.Telekanalning Vashingtondagi manbalariga ko‘ra, ukrainalik harbiylar Rossiya qo‘shinlarining "kutilganidan ham kuchliroq" mudofaasiga duch kelishgan. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi minalangan maydonlar bilan qoplangan mudofaa chizig‘ini qazib olgan, frontning ayrim sektorlarida bir necha mudofaa chizig‘i qurilgan.

Qayd etilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning ayrim bo‘linmalarini ortga chekintirishga muvaffaq bo‘lgan, ammo ukrainaliklar harbiy kuch va texnika, jumladan, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yetkazib bergan bir necha MRAP zirhli texnikasini yo‘qotgan. CNN'ning qo‘shimcha qilishicha, bu yo‘qotishlar Ukrainaning rejalashtirilgan keng miqiyosdagi qarshi hujumiga to‘sqinlik qilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!