Ukraina armiyasi Zaporoj’eda Rossiya mudofaa chizig‘ini yorib o‘tdi

Ukraina armiyasi bosib olingan Zaporoj’e viloyatining Verbovoy shahrida Rossiya mudofaa chizig‘ini yorib o‘tdi.
Bu haqda Ukraina qurolli kuchlari generali Aleksandr Tarnavskiy ma’lum qildi.
Uning aytishicha, mamlakat qo‘shinlari kelajakda yanada jiddiy muvaffaqiyatlarga erishadi: “Biz olg‘a borishda davom etamiz”.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush o‘tgan yilning fevral oyida boshlangan edi. Ukraina armiyasi joriy yilning iyun oyida qarshi hujum amaliyotlarini boshladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)