U23 Osiyo Kubogi final. Stadionga muxlislars qachondan kiritiltshi aniq bo‘ldi

U23 Osiyo Kubogi final. Stadionga muxlislars qachondan kiritiltshi aniq bo‘ldi

Bugun, 19 iyun kuni shahrimizning “Bunyodkor” stadionida futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi U-23 Osiyo kubogining final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Stadionga keluvchi muxlislarning ko‘pligini inobatga olib hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida musobaqani tomosha qilish uchun tomoshabinlar stadionga soat 14.00 dan kiritilishini ma’lum qilamiz.

Stadionga kiradigan muxlislardan o‘zlari bilan yonuvchan, kesuvchan, o‘tkir tig‘li buyumlarni, shuningdek yelim idishlardagi (baklajka) suvlarni olib kirmasliklarini so‘raymiz.

Stadionga kelishda jamoat transportidan foydalanishingizni tavsiya qilamiz.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari! Futbol jarayonini tasvirga olish va yoritish uchun faqatgina Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan akkreditasiyadan o‘tgan OAV vakillari kiritilishini eslatib o‘tamiz. Akkreditasiyadan o‘tgan OAV vakillarini stadionga kiritilishi 5-sonli kirish yo‘lagidan amalga oshirilishini va soat 10.00 dan boshlanishini ma’lum qilamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!