To‘rtta harf o‘zgardi, «ng»dan voz kechildi — O‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha yakuniy xulosa

A A A
To‘rtta harf o‘zgardi, «ng»dan voz kechildi — O‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha yakuniy xulosa

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida ish olib borgan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha ishchi guruhning xulosalari Kun.uz tahririyatiga taqdim etildi.

2018 yil 15 mayda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish bo‘yicha Harakatlar rejasi» tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2018 yil 17 iyul kuni o‘tkazilgan majlis bayonining 28-bandida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish va uning qo‘llanishini osonlashtirish, o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlariga yanada moslashtirish yuzasidan takliflar kiritish topshirildi.

Ushbu masala naqadar dolzarb ekani va bu borada kechiktirmasdan zarur qadamlarni qo‘yish shart ekani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018 yil 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘n yettinchi yalpi majlisida Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev tomonidan ham qat’iy ta’kidlandi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshida tuzilgan Ishchi guruh a’zolari tomonidan ikki yilda to‘plangan takliflar asosida ishlab chiqilgan bir necha alifbo loyihalarini yagona variantga keltirish, shuningdek, yuqorida qayd etilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida respublika jamoatchiligi, mutaxassis-olimlar, blogerlar va yoshlar ishtirokida 2018 yil 22 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va takomillashtirish muammolari» deb nomlangan ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Konferensiyada davlat va jamoat arboblari, taniqli olimlar, ijodkorlar, turli soha vakillari qatnashib, ona tilimizga oid muammolarni hal etish, jumladan, alifboni isloh qilish bo‘yicha qizg‘in bahs yuritdilar. Konferensiya natijasida ilmiy takliflar birma-bir ovozga qo‘yilib, yagona fikrga kelindi.

ISHCHI GURUH TOMONIDAN ISHLAB CHIQILGAN TAKLIFLAR

Alifboni takomillashtirish zarurati

Konferensiya davomida alifbo islohoti bo‘yicha bildirilgan xilma-xil, hatto bir-biriga zid taklifu fikrlar orasida o‘zaro uyg‘un, hamohang fikr-mulohazalar ham ajralib turdi. Jumladan, ko‘pchilik yakdillik bilan: «Eng kamida, alifbodagi to‘rtta muammoli harfni isloh qilishimiz shart, chunki ular tufayli o‘qish-yozishga doir va boshqa texnik muammolar, chigalliklar yuzaga kelyapti», deyishdi.

«Muammoli harflar» deyilganda esa, alifbomizdagi G‘, O‘ harflari va Sh, Ch harfiy birikmalari nazarda tutilayotgani bugun hech kimga sir emas. Xo‘sh, bu harflarning muammosi nimadan iborat va ularni qanday isloh qilish mumkin?

I. Oʻ va Gʻ harflari va ularning muammolari

Bu harflardagi maxsus belgilar unikal emas — bitta belgi har xil yozilmoqda:

Bugun hamyurtlarimiz yuqoridagi jadvalda aks etgan belgilardan to‘g‘ri kelganini ishlatmoqda. Eng qizig‘i, ular ichidagi eng to‘g‘ri belgi — okina (teskari vergul) belgisidan deyarli foydalanmaymiz. Juda to‘g‘ri yozishga intilgan hamyurtlarimiz ham chap bir tirnoq belgisini ishlatadi. Garchi bu ikki belgi o‘zaro o‘xshash bo‘lsa-da, amaliyotda muayyan farq va ustunliklarga ega. Ya’ni, okina belgisi heshteglarda so‘zni bo‘lib yubormaydi, uning bir butunligiga zarar yetkazmaydi. Bu holat quyidagi suratda aks etgan:

UNICODE saytidagi ushbu eslatma ham fikrimizga dalildir:

The combinations Gʻ (Cyrillic G‘) and Oʻ (Cyrillic O‘) are represented using U+02BB ʻ MODIFIER LETTER TURNED COMMA.

Tarjimasi: «O‘zbek lotin yozuvidagi Gʻ (kirillcha G‘) va Oʻ (kirillcha O‘) harfiy birikmalarini yozishda ʻ (U+02BB, MODIFIER LETTER TURNED COMMA) (harfni o‘zgartiruvchi teskari vergul) belgisidan foydalaniladi».

Muammo shundaki, Oʻ va Gʻ harflarining belgisini to‘g‘ri yozish — juda qiyin masala.Masalan, kompyuterda Word dasturida bu harflarni yozish uchun ikki murakkab usuldan foydalanish mumkin:

1. Avval O yoki G harfini yozib, keyin bitta bo‘sh joy (probel) tashlab, Enter tugmasining chap tomonida joylashgan apostrof tugmasi bosilsa, bizga kerakli chap bir tirnoq (teskari bir tirnoq ham deyiladi) yoziladi;

2. Alohida raqamlar paneli bor klaviaturada avval O yoki G harfini yozib, keyin Alt + 0145 tugmalari birikmasini bosish orqali yoziladi.

Tasavvur qilyapsizmi, birgina harfni yozish uchun naq 6ta (!) tugma bosilishi kerak; o‘zbek tilida tarkibida Oʻ va Gʻ harflari qatnashgan so‘zlarning ko‘pligi bois yuqoridagi ikki usulda kattaroq matn yozish juda mashaqqatli jarayon.

Bu harflarning yana ko‘plab texnik kamchilik-qusurlari borki, zamonaviy texnologiya va elektron dastur ustalari bu borada yaxshiroq tasavvurga ega: ularni bu o‘rinda batafsil bayon qilishimiz shart emas, deb o‘ylaymiz.

Bu harflarning o‘rnini olishga «da’vogar» harflarni quyidagi jadvalda ko‘rib chiqamiz.

1). Ö — 1993 yilgi lotin alifbomizda hozirgi Oʻ harfi uchun aynan shu harf ishlatilgan, biroq oradan atigi ikki yil o‘tib, 1995 yilda bu harf Oʻ harfiy birikmasi bilan almashtirilgan. Ö harfi nemis, shved kabi Yevropa hamda turk, ozarboyjon, turkman kabi turkiy xalqlar alifbosida mavjud. Ta’kidlash joizki, bu xalqlardan farqli o‘laroq, o‘zbek alifbosida Ü harfi bo‘lmagani uchun Ö harfi juftlik hosil qila olmaydi.

2). Ğ — brevisli G, kengaytirilgan lotin alifbosi tarkibiga kiradi. 1993 yilgi lotin alifbomizda hozirgi Gʻ harfi uchun aynan shu Ğ ishlatilgan, 1995 yilda bu harf Gʻ harfiy birikmasi bilan almashtirilgan. Ğ harfini aksariyat mobil qurilmalar klaviaturalarida qiyinchiliksiz yozish mumkin.

3). Ŏ — brevisli O, diakritik belgisi kirillchadagi O‘ harfining belgisi bilan bir xil. Agar Gʻ harfi uchun Ğ harfi qabul qilinadigan bo‘lsa, u bilan juda mos tushadi (Ğ – Ŏ): qabul qilinayotgan harflardagi diakritik belgilarning turi ko‘paymaydi va bu qulaylik yaratadi.

4). Õ (tildali O) harfining diakritik belgisi hozirgi paytdagi Oʻ va Gʻ harflarining yozma ko‘rinishidagi belgisi — to‘lqinli chiziqcha bilan bir xil. Ammo uning sherigi — G̃ (tildali G) ni bir urinishda yozib bo‘lmaydi, ustidagi to‘lqinli chiziqni xuddi Gʻ ning belgisi kabi alohida kod (U+0303) yordamida aks ettirish talab etiladi, ya’ni mavjud muammo o‘z joyida qoladi, shuning uchun bu harflarni da’vogarlar safidan chiqaramiz.

5). Ō (makronli O) va Ḡ (makronli G) harfining ko‘rinishi hozirgi yozma shaklga yaqin, lekin Ḡ/ḡ harfi UNICODE jadvalining quyi qismida joylashgani uchun shriftlar tarkibida deyarli uchratmaymiz. Bu hol matbaa ishi, umuman, ish jarayonida ko‘p muammolarni yuzaga keltiradi.

6). Ǒ (karonli O) va Ô (sirkumfleksli O) harflaridagi diakritik belgilar bir-biriga o‘xshashroq: o‘quvchini chalg‘itib, ko‘ziga qadaladi, matnning chiroyiga ham putur yetkazadi. Shuning uchun ham bu harflarni qabul qilish maqsadga muvofiq emas, deb hisoblaymiz.

7). Ǧ (karonli G) va Ĝ (sirkumfeksli G) harflaridagi diakritik belgilar haqida ham shu fikrni aytishimiz mumkin.

8). Óó – Ǵǵ zanjiridagi harflar yaqin qardoshlarimiz bo‘lgan qoraqalpoq va qozoq xalqlari alifbosi tarkibidan ham o‘rin olgan. Ó va Ǵ harflari amaldagi shakl (O‘ va G‘) ga yaqinroq bo‘lgani va hozirgidek o‘zaro juftlik hosil qilgani uchun xalqimizning, xususan, yoshlarimizning ko‘nikishi oson kechadi. Bu harflarning yozma ko‘rinishini hozirgiday shaklda yozsak ham bo‘ladi.

Qiyoslardan ayon bo‘lyaptiki, variantlar ichida ikkita mos juftlik bor: bular — Ŏŏ va Ğğ hamda Óó va Ǵǵ harflaridir. Konferensiyada Ŏŏ va Ğğ juftligi maqbul variant sifatida e’tirof etilgan edi. Ammo keyingi mulohazalarda O‘ tovushining tilimizda nisbatan ko‘p ishlatilishi, Ŏŏ harfining «shoxdor» belgisi esa matnda qo‘pol ko‘rinishi, qolaversa, Óó va Ǵǵ harflarining qardosh xalqlar, ayniqsa, bir Vatan ichida yashayotgan qoraqalpoq xalqi alifbosi bilan bir xil bo‘lishi har jihatdan maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.

Oʻ va Gʻ harflari bo‘yicha taklif:

II. Ch va Sh harfiy birikmalari va muammolari

Hozirgi alifbomizda C harfi yo‘q, lekin Ch harfiy birikmasida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qoladi. Holbuki, mantiq talabiga ko‘ra, harfiy birikmalar alifbodagi mavjud harflardan tashkil topishi kerak edi. Qolaversa, bu harfiy birikmalar xalqimiz o‘rgangan «bir tovush — bir harf» tamoyiliga mos tushmaydi, shu bois ba’zi noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Ingliz tilida «Charles Dickens» degan yozuvchining ismi bosh harf bilan yozilganda ular «Ch.Dickens» emas, «C.Dickens» deb yoziladi. O‘zbek tilida esa unday emas, masalan, «Shuhrat Chinberdiyev» degan ism-familiyani faqat bosh harflari bilan yozmoqchi bo‘lsak, «Sh.Ch» deb yozishga majburmiz.

Ba’zan hafta kunlarining qisqartma nomlarini ishlatishga to‘g‘ri kelib qoladi. Bitta harfli qisqartmalar: D, S, C, P, J, S, Y. Bunda, C — Chorshanbaning qisqartmasi, biroq o‘zbek lotin yozuvida C harfi ham, C harfi bilan boshlanadigan hafta kuni ham yo‘q. J dan keyin kelgan S — Shanbaning qisqartmasi, bunda ham shu muammo: Sh deb yozsak 2ta harf bo‘lib ketadi.

Eng asosiy muammo — o‘zbek tilida Ch va Sh tovushlari juda faol tovushlar sanaladi. Qiyoslaydigan bo‘lsak, ona tilimizda Ch va Sh tovushlari ingliz tiliga nisbatan 3-5 barobar ko‘p uchraydi va bu hol Ch, Sh ning matnda ketma-ket, g‘uj bo‘lib kelishiga sabab bo‘lyapti va o‘qish-yozishni qiyinlashtiryapti.

Shoshish, xushchaqchaq, ishchi, sharshara, achchiqtosh kabi so‘zlarimizning o‘zida 2-3tadan Ch va Sh bor. Bundan tashqari, o‘zbek tilida harakat nomlarining -sh, -ish qo‘shimchalari bilan yasalishi ham Sh va Ch harfli so‘zlar sonining oshishiga xizmat qiladi. Xullas, inglizlarga qulay bo‘lgan Ch, Sh birikmalari o‘zbek tilida izma-iz kelib, noqulay holatlarni yuzaga keltirmoqda. Fikrimiz isbotsiz bo‘lmasligi uchun Ernest Hemingueyning dunyoga mashhur «Alvido, qurol!» romanining ilk jumlalarini avval ingliz, so‘ng o‘zbek tilida beramiz:

In the late summer of that year we lived in a house in a village that looked across the river and the plain to the mountains.In the bed of the river there were pebbles and boulders, dry and white in the sun, and the water was clear and swiftly moving and blue in the channels.Troops went by the house and down the road and the dust they raised powdered the leaves of the trees.The trunks of the trees too were dusty and the leaves fell early that year and we saw the troops marching along the road and the dust rising and leaves, stirred by the breeze, falling and the soldiers marching and afterward the road bare and white except for the leaves.The plain was rich with crops; there were many orchards of fruit trees and beyond the plain the mountains were brown and bare. There was fighting in the mountains and at night we could see the flashes from the artillery. In the dark it was like summer lightning, but the nights were cool and there was not the feeling of a storm coming.

O‘sha yili yoz oxirlarida biz qishloqda, kulbada turardik. Kulbadan narida daryo bilan vodiy, ulardan ham olisroqda tog‘lar yastanib yotardi. Daryoning o‘zani oftobda oqargan, quruq qayrag‘ochlar va mayda shag‘al bilan qoplangan, daryo shoxobchalarida esa suv tip-tiniq va ko‘m-ko‘k bo‘lib, sho‘x shaldirab oqib borardi. Kulba oldidagi yo‘ldan qo‘shinlar o‘tib borar, ularning oyog‘idan ko‘tarilgan to‘zon og‘ochlarning barglariga o‘tirardi. Og‘ochlarning barglari ham changga burkangandi, o‘sha yili yaproqlar erta to‘kila boshlagandi, biz bo‘lsak yo‘ldan qo‘shinlarning o‘tib borishini, chang-to‘zonning ko‘kka o‘rlashini, shamol yaproqlarni yulqib-sulqib uchirib ketayotganini, soldatlarning odimlarini, so‘ngra esa kimsasiz, bo‘m-bo‘sh tuproq yo‘lda yolg‘iz yaproqlargina to‘kilib yotishini tomosha qilardik. Vodiy yerlari hosildor edi, unda bog‘zorlar serob edi, vodiy etagidagi tog‘lar esa taqir qo‘ng‘irtog‘lar edi. Tog‘larda jang ketmoqdaydi, kechalari portlashdan yolqinlar ko‘tarilardi. Qorong‘ida ular shafaqqa o‘xshab ko‘rinardi: faqat tunlari etni junjiktirib sovuq turar, havo quruq edi.

Ushbu matnlardagi Ch va Sh birikmalarini sanab, qiyoslaydigan bo‘lsak, o‘zbekcha matnda inglizcha matndagidan 5 barobar ko‘p ekani ma’lum bo‘ladi.

Shu qiyosning o‘ziyoq ingliz tili uchun juda qulay bo‘lgan Ch va Sh birikmalarining o‘zbek tili uchun qanchalik noqulay ekanini ko‘rsatib turibdi.

Bu muammolarni bartaraf etish uchun yana diakritik belgili harflarga murojaat qilamiz. Quyidagi jadvalda diakritik belgili S va C harflarini ko‘rib chiqamiz.

Quyida har bir juftlikni tahlil qilib o‘tamiz.

1. Ş/ş va Ç/ç juftligi. Ost belgisi harf o‘zagiga qo‘shilib yoziladigan Çç va Şş harflari yozish va o‘qishga qulay hamda milliy xarakterga ega: ular 1929–1940 hamda 1993–1995 yillardagi alifbomizda ham bo‘lgan. Bizningcha, Ch va Sh tovushlari uchun eng maqbul harflar — Çç va Şş. Ularning ost belgisi bir xil ekani o‘zaro uyg‘unlikni ta’minlaydi.

2. Ś/ś va Ć/ć juftligi. Bu harflardagi diakritik belgini S va C harflari ustida yozma holatda ifodalash noqulay. Bu tovushlar, ayniqsa, Sh tovushi tilimizda ko‘p uchragani uchun matnni mitti diakritik belgilarga to‘ldirib tashlaydi. Shu bois bu harflarni qabul qilish maqsadga muvofiq emas.

3. Ŝ/ŝ va Ĉ/ĉ juftligi. Bu harflarning ust belgilarini yozma shaklda ifodalash o‘ng‘aysiz.

4. Š/š va Č/č juftligi. (3) va (4) bandlardagi harflarning diakritik belgilari bir-biriga yaqinligi bois, ularni adashtirish ehtimoli yuqori, shuningdek, ular o‘quvchining ko‘ziga qadaladi, shuning uchun ularni ham ro‘yxatdan chiqaramiz.

5. Ṡ/ṡ va Ċ/ċ juftligi. Nuqta belgisi harflarning asosiga nisbatan o‘ta mitti bo‘lgani uchun alohida harf tasavvurini bermaydi — Ṡ/ṡ va Ċ/ċ ni mos ravishda S va C bilan chalg‘itish xavfi kuchli.

6 Ṣ/ṣ harfining C bilan bog‘liq jufti yo‘qligi bois, uni ham ro‘yxatdan chiqaramiz.

Ch va Sh harfiy birikmalari bo‘yicha taklif:

III. ng tovushi bilan bog‘liq muammolar

«Ikkita harf bilan ifodalanuvchi Ch va Sh harbiy birikmalarini isloh qilyapmiz, ng harfiy birikmasini nima qilamiz?» degan tabiiy savol paydo bo‘ladi.

E’tibor bersak, ng tovushi, boshqa tovushlarga qiyoslaganda, alohida xususiyatga ega: u hech qachon so‘z boshida kelmaydi. Bu tovushga arab alifbosida ham, kirill-o‘zbek alifbosida ham, amaldagi lotin alifbosida ham yaxlit harf ajratilmagan. 1993 yilda qabul qilingan lotin-o‘zbek alifbosida bu tovush ilk bor Ñ/ñ harfi bilan ifodalandi-yu, 1995 yilda yana undan voz kechildi. Sababi, Ñ/ñ harfini idrok etishda ko‘pchilik chalg‘idi. Ya’ni, kirill imlosiga ko‘ra qaysi so‘zda N va G harflari yonma-yon kelgan bo‘lsa, yoppasiga Ñ/ñ harfi bilan yozila boshlandi. Masalan: taña, mañu. Aslida, bu so‘zlardagi N va G harflari Ñ tarzida yoziladigan bo‘lsa, qo‘shimcha G harfi orttirilishi kerak, shunda talaffuz to‘g‘ri bo‘ladi: tañga, mañgu. Mashhur adibimiz Chingiz Aytmatovning ismi qirg‘iz tilida Chiңgiz deb yozilishi bejiz emas. Yoki N tovushi bilan tugagan so‘zga -ga qo‘shimchasi qo‘shilsa ham, ñ emas, ng yozilishi kerak: menga, jonga, vatanga. Ñ va NG o‘rtasidagi bunday o‘ziga xos nozik, biroz e’tibortalab chegarani ilg‘amaslik oqibatida xatolar avj oldi.

Ikkinchidan, ng birikmasi yaxlit harfga aylanadigan bo‘lsa, kirill va hozirgi alifboda chop etilgan son-sanoqsiz kitoblarni hamda boshqa har xil matnlarni yangi alifbomizga o‘girish chog‘ida ko‘plab chalkashliklar yuzaga keladi — elektron dasturlar ң (ŋ) tovushiga qo‘shib, bir-biriga aloqasiz, ammo yondosh kelgan barcha N+G harflarini birvarakayiga bitta harfga o‘zgartirib yuboradi. Tilimizda ң (ŋ) tovushi va yonma-yon keladigan N+G harflari judayam ko‘p uchragani uchun ularni topib, qiyoslab to‘g‘rilash — muharriru musahhihlarga katta zahmat yuklaydi.

Qolaversa, tilimizda ba’zi so‘zlarda uchraydigan NG‘ tovushiga (qo‘ng‘ir, qo‘ng‘iz, to‘ng‘iz, qing‘ir, o‘ng‘ay) ham alifbomizda alohida harf ajratilmagan. Shunday ekan, hech qachon so‘z boshida kelmaydigan, boshqa tovushlarga qaraganda cheklangan NG tovushini ham alifbodan tashqarida fonetik birikma sifatida o‘rgansa bo‘ladi, deydi mutaxassislar.

ng tovushi bo‘yicha taklif:

ng birikmasini yaxlit harfga aylantirmasdan, alifbodan tashqarida fonetik birikma sifatida o‘rgatish-o‘rganish.

IV. S/s harfi bilan bog‘liq muammolar

Bu belgini yoqlovchi va rad etuvchi ikki zid qutb bor.

S/s ni rad etuvchilar uni alifbomizga kiritmasligimiz kerak, sababi, bu harf turli xalqlarda turlicha tovushlar (s, k, j, ch, s)ni ifodalaydi, unga qaysi tovushni yuklamaylik, xalqaro atamalarni o‘qishda chalkashliklar yuzaga keladi, deyishadi.

S/s ni yoqlovchilar bu harf alifbomizda mavjud bo‘lmagani bilan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijtimoiy hayotimizda baribir ishtirok etyapti, masalan, pasport seriyasi, test savolnomasi, avtomashina raqamlari kabi ro‘yxat bandlarini alifbo asosida tartiblashda va boshqa holatlarda Ss harfidan foydalanyapmiz, shuning uchun bu harfni alifboga qabul qilishimiz shart, deyishadi.

S/s ni yoqlovchilarning aksariyati bu belgidan kirill alifbosidagi S/s tovushini ifodalash uchun foydalanaylik, deyishadi va o‘z qarashlarini asoslash uchun qator dalillar keltiradi.

Jumladan:

1) til jonli hodisa sifatida muntazam rivojlanadi: o‘tgan asrda tilimizga chet tillar, xususan, rus tili orqali s harfi qatnashgan juda ko‘p o‘zlashma so‘zlar kirib keldi — s harfi yoki ts birikmasi esa bu tovushni hamisha ham to‘la aks ettirmaydi;

2) xalqaro tabiatga ega bo‘lgan so‘zlar, xususan, ko‘p ilmiy-tibbiy atamalarda C/c (s) harfi juda faol ishtirok etadi;

3) o‘zga millat vakillarining ism-familiyasidagi s tovushini to‘g‘ri aks ettirish imkoniyati yo‘qligi bois ba’zan muayyan noqulaylik, chalkashliklar yuzaga kelmoqda. Masalan: Soy — Soy, Siskaridze — Siskaridze;

4) qadimiy lotin tiliga mansub bo‘lgan s harfli ko‘p so‘zlar asliyatda ham S/s harfi bilan yozilgan. Masalan: sirk (circus), sement (caementum), konsert (concerto), lisey (lyceum) va hak. Va bugun ham lotin alifboli ko‘p xalqlar bu so‘zlarni asliyatga muvofiq yoki yaqin tarzda yozadi. Masalan:

5) dunyodagi ko‘p xalqlar alifbosiga faqat o‘zlashma so‘zlar uchun maxsus harflar kiritilgan. Masalan, vengr alifbosida — Q, W, X va Y harflari;

6) alifboga C/c (s) harfining kiritilishi kirill yozuviga o‘rganib qolgan katta avlod vakillarining ham lotin yozuviga tezroq moslashib ketishiga, rasmiy alifbomizning keng qo‘llanilishiga zamin yaratadi.

Mabodo, C/c tarafdorlarining yuqoridagi dalillari asosli deb topilsa va alifbomizga C/c (s) harfi qabul qilinsa ham, bizningcha, rus tili qonuniyatlariga ko‘r-ko‘rona ergashmasdan, o‘zlashma so‘zlarning etimologiyasi hamda tilimiz tabiatidan kelib chiqqan holda o‘ziga xos qoidani joriy qilishimiz lozim.

Ehtimol, bu qoida shunday bo‘lar: «C/c harfi o‘zlashma so‘zlarda qo‘llaniladi. U so‘z boshida yoki undosh tovushdan keyin kelsa, S/s harfi kabi (cirk, lekciya), unli tovushdan keyin kelsa, ts (licey, administraciya) tarzida o‘qiladi». Shunda C/c li o‘zlashma so‘zlarni asliyatga muvofiq yozib, tilimiz tabiatiga ko‘ra talaffuz qilamiz.

S/s harfi bo‘yicha taklif:

Alifbo tugalligini ta’minlash, shuningdek, o‘zlashma so‘z va atamalarni aniq ifodalash maqsadida C/c (s) harfini qabul qilish.

YAKUNIY TAKLIFLAR

1. Fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlar savodxonligi bo‘yicha muammolar, ko‘chadagi yozuvlar, reklama va targ‘ibot materiallarining savodsizlarcha yozilishi, baynalmilal so‘zlarning kirill va lotin yozuvlarida turlicha ifodalanishi bo‘yicha anglashilmovchiliklar, eng muhimi, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonunining ijro etilishini qiyinlashtirayotgan ba’zi omillar 1995 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonunidagi kamchiliklar bilan bevosita bog‘liq. Joriy alifboni takomillashtirmay turib, o‘zbek tili imlosini talab darajasida ishlab chiqib bo‘lmaydi. Mavjud imlomizda juda ko‘p xatolar bor. Ularni tuzatish uchun alifbodagi muammoli harflarni imkon qadar tez isloh qilishimiz shart. Imlo tuzatilmas ekan, reklama va ko‘cha-ko‘ydagi yozuvlarga talab qo‘yib bo‘lmaydi. Bu esa «Davlat tili to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini sekinlashtiradi. Davlat tili ijrosi haqida qayg‘urar ekanmiz, birinchi navbatda «Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosini takomillashtirish» bo‘yicha yangi qonun ishlab chiqilishi, so‘ng «O‘zbek tilining yangi imlo qoidalari» ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan tasdiqlanishi, shular asosida «Reklama to‘g‘risida» va «Firma nomlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari tartibga keltirilishi lozim. Ana shu ishlardan so‘ng «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi nazoratga olinsa, samarali bo‘ladi.

2. Milliy alifbomizdagi mavjud muammolar nafaqat o‘qish-yozish jarayonida qiyinchilik tug‘dirmoqda, shu bilan birga, imloni, grammatikani tekshiruvchi, matnni nutqqa aylantiruvchi va nutqni matnga aylantiruvchi kompyuter dasturiy ta’minotlarining paydo bo‘lishiga ham to‘sqinlik qilmoqda.

Ayni paytda Google, Microsoft, Huawei, Samsung, LG va boshqa bir qator yirik texnologik kompaniyalar o‘z dasturiy mahsulotlarini o‘zbekchalashtirayotganini hisobga olsak, alifboni kechiktirmasdan isloh qilishimiz ayni muddao sanaladi.

3. Milliy alifbomiz isloh bo‘lib, qulaylashsa, katta-kichik avlodlarga mansub hamyurtlarimiz, shuningdek, yaqin-olis mamlakatlarda yashovchi millatdoshlarimiz yagona yozuv atrofida jipslashadi — nuqsonsiz, qulay alifbo xalqimizning birligiga, yakdilligiga xizmat qiladi.

4. Taklif sifatida Ishchi guruh tomonidan 29 harf va bir belgidan tarkib topgan takomillashtirilgan alifbo loyihasi ishlab chiqildi.

Quyida ushbu alifbo loyihasini e’tiboringizga havola etamiz.

Ushbu xulosa «Ma’naviy hayot» jurnalida ham chop etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanovning muvaffaqiyatlari ortidan Qozog‘iston futboli tanqid qilindi

Қўшни давлатларда аллақачон жаҳон даражасига чиққан футбол юлдузлари етишиб чиқаётган бир пайтда, Қозоғистон футболи ҳамон Дастан Сатпаевнинг келажакдаги муваффақиятига умид қилиб яшамоқда.

“Real” yulduzlarni jilovlaydigan murabbiy topdi

“Реал” раҳбарияти жамоага бош мураббий сифатида Дидье Дешамни таклиф қилишга тайёргарлик кўраётгани хабар қилинган эди.

Samarqandda 1956 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyida vafot etganligi holati yuzasidan prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Марҳумнинг ўлим сабабларини аниқлаш мақсадида суд-тиббиёт экспертизаси тайинланган.

Eronning ikki million barrel neft tashiy oladigan supertankeri AQShning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi dengiz blokadasini muvaffaqiyatli yengib o‘tdi

Bloomberg агентлиги Ҳўрмуз бўғозидан бунгача Хитойга алоқадор Rich Starry танкери ўтганини ҳақида хабар берганди.

Lionel Messi Kataloniya klubini sotib oldi

АҚШнинг “Интер Майами” ва Аргентина терма жамоас сардори Лионель Месси Терсера RFEF (Испаниянинг бешинчи дивизиони) лигасида иштирок этувчи Каталониянинг “Корнеля” клубини сотиб олди.

Peres “Real”dan ketadigan sakkiz futbolchini aniq ko‘rsatdi. Ro‘yxat yana kengayishi mumkin

Мадриднинг “Реал” клуби президенти Флорентино Перес жорий мавсум тугагач, жамоани тузилмавий янгилашни режалаштирмоқда.

Xitoy AQShni ogohlantirdi

Хитой Ҳормуз бўғозидан фойдаланиш, Эрон билан савдо алоқалари ва энергетика келишувларини давом эттиришини маълум қилди.

Italiya OAVlari Makronning Jorja Meloni bilan uchrashuvdagi harakatlarini keskin tanqid qildi

Франция президенти Эммануэль Макрон ва Италия бош вазири Жоржа Мелонининг Париждаги учрашуви сиёсатчиларнинг ҳаддан ташқари яқин қучоқлашиши сабабли можарога айланди.

«Real» o‘z sobiq futbolchisi vafot etganini ma’lum qildi

Мадриднинг «Реал» клуби собиқ футболчиси Хосе Сантамария 96 ёшида оламдан ўтди. Бу ҳақда «қироллик клуби» матбуот хизмати расмий хабар берди.

Xitoy TIV Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha bayonot berdi

Хитой АҚШ президенти Дональд Трампнинг Ҳўрмуз бўғозини блокада қилиш ҳақидаги баёнотларидан сўнг, барча томонларни вазминликка чақирди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Abduqodir Husanov "Arsenal"ga qarshi uchrashuvda qanday statistika qayd etdi?

Хабарингиз бор, бугун Хосеп Гвардиола бошчилигидаги "Манчестер Сити" ўз майдонида "Арсенал"ни қабул қилиб, 2:1 ҳисобида таслим этди.

AQSh Eronda falokatga uchrashi mumkin — Skott Ritter

Истеъфодаги америкалик ҳарбий таҳлилчи ва собиқ разведка ходими Скотт Риттернинг фикрича, агар АҚШ Эрон билан можарони давом эттирса, оғир оқибатларга дуч келиши мумкин.

Trampning NUJ va’dasi dunyo matbuotda shov-shuvga sabab bo‘ldi

АҚШ президенти Дональд Трамп Пентагон яқин вақтда номаълум учувчи объектлар ҳақидаги маълумотларни ошкор қилишини айтгач, бу баёнот халқаро оммавий ахборот воситаларида катта муҳокамага сабаб бўлди.

Tehron Eron kemasini qo‘lga olganidan keyin AQSh harbiy kemalariga hujum qildi

Бу ҳақда Tasnim ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Homanaiy: Eron AQSh va Isroilga yangi zarba berishga tayyor

Эрон олий раҳбари оятуллоҳ Мужтабо Ҳоманаий мамлакат ҳарбий-денгиз кучлари АҚШ ва Исроилга қарши янги зарбалар беришга тайёрлигини билдирди.

Rasman: Kiyevdagi otishma gumondori Rossiyada tug‘ilgan

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.

Evroittifoq ehtimoliy aviayoqilg‘i taqchilligiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Брюсселда ўтган брифингда Европа комиссияси вакили Анна-Кайса Итконен бу ҳолат ҳозирча реал муаммога айланмаганини, бироқ хавф тобора ортиб бораётганини таъкидлади.

Qashqadaryoda lolazorni payxon qilganlarga chora ko‘rildi

Ижтимоий тармоқларда Қашқадарё вилояти Кўкдала туманидаги лолазор ҳудудида транспорт воситаларида ҳаракатланилганлиги акс этган видео тарқалди.

Germaniyada chap ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar soni keskin oshdi — BILD

Бу ўтган йилга нисбатан учдан бирдан кўпроқ ўсишни англатади.

Rus tilida so‘zlashuvchi generalning Mossad rahbari etib tayinlanishi Isroilda tanqid qilindi

Маълумотларга кўра, рус тилида равон сўзлашувчи беларуслик муҳожир Роман Хоффман разведка хизматининг 14-раҳбари бўлди.

O‘rta Chirchiqda 4 kishi halok bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ҳодиса жойидан Республика суд экспертиза маркази экспертлари, вилоят ИИБ эксперт криминалисти ва вилоят фавқулотда вазиятлар бошқармаси экспертлари томонидан ёнғиндан шикастланган буюмлар, алимун сим бўлаклари ва бошқа ашёвий далиллар олинган.

O‘zbekiston Humans Group asoschisi Vladimir Dobrininni xalqaro qidiruvga berdi

У “қимор ва таваккалчиликка асосланган бошқа ўйинларни ташкил этиш ва ўтказиш”, шунингдек, “пул ювиш"да айбланмоқда.

O‘rta Chirchiqdagi xonadonda portlash: 4 kishi vafot etdi

Тунда қаттиқ овоз бўлди. Ҳамма уйдан чиқиб кетди. Қўрқиб кетдик”, — дейди қўшнилардан бири.

“Ravshan Zolotoy” xalqaro qidiruvga berildi

Омма орасида “Равшан Золотой” номи билан танилган, таниқли тадбиркор Ғофур Раҳимовнинг жияни Равшан Муҳитдинов интерпол орқали қидирувга берилган.

"O‘zbekiston metallurgiya kombinati" sobiq raisi Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Дилшод Аҳмедов 2024 йил 16 октябрда “Ўзметкомбинат” АЖ бошқарув раиси этиб тайинланган. 2025 йил август ойида эса лавозимидан озод этилганди.

Jizzaxda FVB mansabdori pora bilan ushlandi

Ҳолат юзасидан унга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

JAR siyosatchisi Julius Malema 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

"Иқтисодий эркинлик учун курашчилар" (EFF) партияси етакчиси Жулиус Малема 2018 йилги митингда ўқотар қуролдан ноқонуний фойдаланганликда айбдор деб топилди

Oq uy olimlarning sirli o‘limi va yo‘qolishi haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi

Бу ҳақда The Times Кэролайн Левиттга таяниб хабар берди.

AQSh Eronga qarshi “Iqtisodiy g‘azab” operasiyasini boshladi

Бу ҳақда Пит Хегсет матбуот анжуманида баёнот берди.

Samarqandda ma’danli toshlardan oltin ajratib olayotganlar ushlandi

Самарқанд вилоятида ноқонуний равишда маъданли тошлардан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келган шахслар ушланди.

Ekologik ekspertiza tizimini raqamlashtirishda Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси ҳамда Давлат экологик экспертизаси маркази вакиллари 2026 йил 13–17 апрель кунлари Жанубий Корея пойтахти Сеулда бўлиб ўтаётган семинар-воркшопда иштирок этмоқда.

AQSh Senati to‘rtinchi marta Erondagi urushni to‘xtatishdan bosh tortdi

Америка Сенати яна бир бор президент Дональд Трампнинг Конгресс розилигисиз Эронга қарши ҳарбий ҳаракатлар олиб бориш ҳуқуқини чеклашга қаратилган резолюцияни қўллаб-қувватламади.

Narkosavdogarlardan Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg “opiy” giyohvandlik vositasi olindi

Натижада, автомашинада кетаётган Қўшкўпир туманида яшовчи, 2002 й.т., муқаддам наркожиноят содир этганлиги учун судланган шахсга тегишли 4 кг 541 гр “опий” моддаси борлиги аниқланди

Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi

Гап мамлакатдаги нефт маҳсулотларининг 10 фоизигача бўлган қисмини таъминлайдиган корхона ҳақида бормоқда.