Turkmanistonda parlament va o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovlar o‘tkaziladi

Turkmanistonda parlament va o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovlar o‘tkaziladi

26 mart, yakshanba kuni Turkmanistonda parlament (majlis) hamda viloyat, tuman, shahar xalq kengashlari hamda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Turkmaniston Saylov va referendum o‘tkazish bo‘yicha Markaziy komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilar yettinchi chaqiriq parlament deputatlari, beshinchi chaqiriq viloyat, shahar xalq maslahati deputatlari, to‘qqizinchi chaqiriq kengash deputatlarini saylashlari kerak bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha jami 2644 ta saylov uchastkasi, Turkmanistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida yana 42 ta saylov uchastkasi ochiladi.

Respublika bo‘yicha jami 3 million 496 ming 475 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan.

Turkmaniston parlamentida 125 o‘rin, viloyat xalq maslahatida 240 o‘rin, shahar kengashlarida 960, kengashlarda 5897 o‘rin mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!