Turkmanistonda Amudaryo muzlarini portlatish operasiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Turkmanistonda Amudaryo muzlarini portlatish operasiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi

"Xronika Turkmenistana" nashrining yozishicha, anomal sovuq natijasida Amudaryo suvining muzlab qolgan qismini portlatish amaliyoti "Amu-Buxoro" kanali orqali O‘zbekistonga suv tortib beruvchi nasos stansiya metal trubasi hamda ponton ko‘prigiga shikast yetkazgan.

Turkmanistonning Lebap viloyatidan oqib o‘tuvchi Amudaryo suvining muzlab keyinroq, aholi yashash xonadonlarida sel-suv toshqin xavfini kamaytirish maqsadida turkman hukumati, mahalliy favqulodda vaziyatlar, harbiy qismning ponton-ko‘prik brigadasi hamda transport komunikasiya fuqaro mudofaasi boshqarmasi Kerki va Garabekevul tumanlarida 18-21 yanvar kunlari daryo muzini portlatish ishlarini olib borgan.

Potlashlar natijasida bir-biridan ajralib ketgan muz to‘plamlari pontok ko‘prigini shikastlab, yetti kilometrgacha bo‘lgan pastki hududga "eltib" qo‘ygan. Bundan tashqari, muz parchalari O‘zbekistondagi Amu-Buxoro kanaliga suv tortadigan nasos stansiyasining birinchi ko‘targichidagi metall quvurni uzib yuborgan.

Harbiylar muzni portlatish ishlarining muvaffaqiyatsiz yakunlanganini portlovchi moddalarning yaroqlilik muddati o‘tgani bilan izohlashgan. Ponton-ko‘priklar 18-22 yanvar kunlari yopilgan, mahalliy hokimiyat va polisiya cho‘ponlardan qo‘ylarini daryodan uzoqroqqa haydashni talab qilgan.

Amudaryoning anomal sovuqlar tufayli muzlashi oxirgi marta 2008-yili sodir bo‘lgan. O‘shanda ham bu holat ponton ko‘prigining vayron bo‘lishi va aholi punktlari uchun suv toshqini xavfini yaratgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!