Turkmaniston ham ikki palatali parlament tizimiga o‘tadi

Turkmaniston ham ikki palatali parlament tizimiga o‘tadi

Turkmanistonda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov boshchiligida mamlakat Konstitusiyasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar masalalari yuzasidan Konstitusiyani o‘zgaritirish va umumlashtirish komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan mamlakat rahbari ushbu komissiyaning maqsadi ikki palatali parlament tuzish, uning huquqlari, majburiyatlari, vakolatlari va vakolat muddatlarini belgilash, shuningdek, uning tashkil etilishini ta’minlashdan iborat, dedi.

Berdimuhamedov Konstitusiyaviy komissiya ushbu ishni Parlament, Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirlik va tarmoq boshqarmalari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolar bilan yaqin hamkorlikda olib borishi zarurligini ta’kidladi.

«Ushbu yo‘nalishdagi ishlarning natijalariga ko‘ra, mamlakat Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Konstitusiyaviy qonun loyihasini tayyorlash va uni Xalq Maslahatining 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun kiritish rejalashtirilmoqda», deb ta’kidladi davlat rahbari.

Konstitusiyaviy komissiya yig‘ilishida Prezident birinchi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Mejilis (Parlament) raisi Gulshat Mammedova Konstitusiyaviy komissiya raisi o‘rinbosari etib tayinladi.

Turkmanistonning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, Mejilis qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi vakillik organi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda 2008 yilda tugatilgan Xalq Maslahati - xalq hokimiyati oliy organi ham 2017 yilda qayta tashkil etildi. Ikkinchi yig‘ilishda prezident Mejilis hamda Xalq Maslahatini birlashtirish orqali mamlakatda ikki palatali parlament tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!