Turkiyada zilzila: it "Umut"ni qutqardi

Turkiyada zilzila: it "Umut"ni qutqardi

Turkiyaning Izmir viloyatida sodir bo‘lgan zilziladan keyin it mushukni uy xarobalari ostidan qutqarishda yordam berdi. Bu haqda Hurriyet Daily News xabar bermoqda.

Turkiya maxsus qutqaruvchi Bob ismli it vayronalar ichida mushukni ko‘rdi. Mushuk binoning qulab tushgan ikki qavati ostiga tiqilib qolgandi va zilziladan beri u yerda taxminan 30 soat vaqt o‘tkazdi.

Qutqaruvchilar devorlarni buzib, qoldiqlarni olib tashlashdi, shundan keyin mushukni olib, egasiga topshirishdi. Ma’lum bo‘lishicha, hayvonning nomi "Umut", ya’ni turkchada "Umid" degan ma’noni anglatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!