Turkiyada rekord: Koronavirus bilan bog‘liq kunlik o‘limlar soni oshdi

Turkiyada rekord: Koronavirus bilan bog‘liq kunlik o‘limlar soni oshdi

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, juma kuni mamlakatda koronavirusdan o‘lganlar soni rekord darajada ko‘payib, 141 kishining COVID-19 qurboniga aylangani qayd etildi. Bu bilan Turkiyada koronavirusdan sabab vafot etganlarning umumiy soni 12 084 nafarga yetdi.

Shuningdek, Turkiyada o‘tkan sutka davomida 5103 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yildi. Ammo, Turkiyada iyul oyidan beri faqat virus alomatlari sezilgan bemorlargina rasmiy statistikaga qo‘shilmoqda. Bu holat ko‘plab tanqidlarga duch kelmoqda. Chunki, u bemorlarning asl sonini yashiradi.

Turk hukumati so‘nggi haftalarda mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinish holatlari ko‘payganligi sababli choralar ko‘rishni boshladi. Seshanba kuni prezident Toyyib Erdo‘g‘an yangi qat’iy cheklovlar, jumladan, hafta oxirida komendantlik soati joriy etilishi va restoran, kafe hamda savdo markazlarining ish soatlari cheklanganligini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!