Turkiyada jandarmeriyaning 120 dan ortiq xodimi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyada jandarmeriyaning 120 dan ortiq xodimi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiya sudi jandarmeriyaning 121 sobiq xodimini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar bermoqda mahalliy ommaviy axborot vositalari.

Ma’lum qilinishicha, ular 2016 yil iyul oyida sodir bo‘lgan konstitusiyaviy tuzumga tajovuz qilishda aybdor deb topilgan.

Ta’kidlanishicha, o‘sha voqeadan so‘ng mamlakatda 80 mingdan ortiq kishi hibsga olingan. Bundan tashqari, 160 mingdan ortiq davlat xizmatchisi ishdan bo‘shatilgan yoki chetlatilgan.

Turkiya rahbariyati 2016 yil voqealariga muxolifat yetakchisi Fathulloh Gulen tashkilotini javobgar deb hisoblamoqda.

Qayd etilishicha, hozirda Gulenning o‘zi AQShda istiqomat qiladi va barcha ayblovlarni rad etib kelmoqda.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!