Turkiya Savdo vazirligi: Ukrainada qolib ketgan turk kemalari 5-10 kun ichida Turkiyaga qaytadi

Turkiya Savdo vazirligi: Ukrainada qolib ketgan turk kemalari 5-10 kun ichida Turkiyaga qaytadi

Ukraina mojarosi tufayli Ukraina portlarida to‘sib qo‘yilgan turk kemalari besh-o‘n kun ichida qaytib keladi.

Bu haqda Turkiya Savdo vazirligining Xalqaro savdo va xizmatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va don yo‘lagi koordinatori Yusuf Karakash ma’lum qildi, deb yozadi “Milliyet” nashri.

“Hozirda Turkiyaga tegishli kemalar davom etayotgan mojaro tufayli Ukraina portlarida qolmoqda... Kelgusi besh-o‘n kun ichida bu kemalar Turkiyaga yetkazilishi kutilmoqda”, — deb yozadi “TASS”.

Karakashning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kemalar bilan bog‘liq vaziyat Savdo vazirligi va qo‘shma muvofiqlashtirish markazi tomonidan nazorat qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!