Turkiya Qrimning anneksiyasini tan olmaydi — TIV

“Qrim anneksiya qilingan sanaga 9 yil to‘lishi munosabati bilan biz uni tan olmasligimizni takrorlab, Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashimizni tasdiqlaymiz. Qrimning tub aholisi — qrimtatarlar biz uchun ustuvor ahamiyatga ega. Turkiya bundan keyin ham birodar qrimtatar xalqini o‘zligini saqlab qolgan holda o‘zining tarixiy vatanida tinch va osoyishta yashashga intilishini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi”, — deyiladi Turkiya TIV bayonotida.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)