Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘tgan hafta turk jurnalistlarining Germaniyada hibsga olinishini qoraladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘tgan hafta turk jurnalistlarining Germaniyada hibsga olinishini qoraladi

“Biz Germaniya xavfsizlik kuchlari turk jurnalistlarini FETÖ (terrorchilik tashkiloti) qochqin a’zosi Fathulloh Gulenning so‘zlari asosida hibsga olganini qabul qilib bo‘lmas deb hisoblaymiz”, dedi Turkiya rahbari ATV-A Haber telekanali efirida.

Turkiya davlati rahbari bu hodisani matbuot erkinligining buzilishi deb atadi.

Avvalroq Germaniya polisiyasi Turkiyaning Sabah gazetasining Frankfurtdagi ofisiga bostirib kirib, gazetaning Germaniyadagi vakili Ismoil Erel va bosh muharriri Jemil Albayni hibsga olgan edi. Ular keyinroq qo‘yib yuborilgan.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi voqeani keskin qoraladi va Germaniya rasmiylarini hibsga olingan jurnalistlarni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi.

Germaniya elchisi Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

Departament Turkiya ommaviy axborot vositalari xodimlarining hibsga olinishining Fathulloh Gulen (FETÖ) terror tashkilotining Germaniyadagi faoliyati yuzasidan Sabah nashri ustidan berilgan shikoyati asosida amalga oshirilganiga e’tibor qaratdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!