Turkiya NATO tarkibidan chiqarib yuborlishi mumkin

Turkiya NATO tarkibidan chiqarib yuborlishi mumkin

Turkiya rasmiylarining Finlyandiya va Shvesiyaning alyansga a’zoligi bo‘yicha pozisiyasi tufayli mamlakat NATOdan chiqarib yuborilishi bilan tahdid qilinishi mumkin. Bu haqda CNN sharhlovchisi Devid Andelmanning maqolasida aytiladi.

“Turkiyani NATOdan chiqarib yuborish haqida allaqachon ko‘p fikrlar bo‘lgandi, ayniqsa [Turkiya Prezidenti Rajab Toyib] Erdo‘g‘an uch yil avval Rossiyadan S-400 havo mudofaa tizimlarini sotib olganidan keyin”, deydi jurnalist.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday qaror Shimoliy Atlantika alyansining strategik ahamiyatga ega mintaqadagi pozisiyasini zaiflashtirishi mumkin.

Andelman Erdo‘g‘anni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uchun “foydali do‘st” deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya davlat rahbarining g‘arb ittifoqlari uning ambisiyalariga to‘sqinlik qilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun butun dunyo bo‘ylab yetarlicha ittifoqdoshlari bor.

Qayd etish kerakki, Erdo‘g‘an Finlyandiya va Shvesiya NATOga kirishga ariza bersa, uni qo‘llamasligini aytgan. Bunga Anqara ushbu ikki davlat terrorchilar uchun boshpanaga aylanganini sabab qilib ko‘rsatmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!