Turkiya Eron bilan neft va gaz savdosini davom ettiradi

Turkiya Eron bilan neft va gaz savdosini davom ettiradi

Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘an, AQShning sanksiyalari tahdidiga qaramay, Turkiya Erondan neft va tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatishning iloji yo‘qligini, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiq davom ettirishini aytdi.

NDTV telekanalining xabar berishicha, juma kuni  jurnalistlar bilan suhbatda Erdo‘g‘an, Turkiya AQShning Eron bilan savdo-sotiqqa qarshi sanksiyalaridan qo‘rqmasligini aytdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Anqara Tehron bilan hamkorlikni uzmoqchi emas.

O‘tgan yili AQSh Tehron va dunyo kuchlari o‘rtasidagi 2015 yildagi yadroviy kelishuvdan chiqib, bu mamlakatga nisbatan sankssiyalarni qaytarib bergan edi.

AQShning Tehronga qarshi yangi sanksiyalaridan oldin Anqara va Tehron tomonidan imzolangan uzoq muddatli yetkazib berish shartnomalari shartlariga ko‘ra, Turkiya 2026 yilgacha 9,5 milliard kubometr gaz sotib olishi kerak edi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!