To‘qqiz yoshli bola yong‘indan qutqarib qolindi

To‘qqiz yoshli bola yong‘indan qutqarib qolindi

Kuni kecha, 24 sentyabr kuni soat 11:46 da Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Navoiy shaxar “Gulzor” MFY Nizomiy ko‘chasidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘layotganligi hamada uyda yosh bola qolganligi to‘g‘risida tashvishli xabar kelib tushgan (https://t.me/MCHSUzbek/6345).

Mazkur xabar asosida qutqaruvchilar darhol maxsus texnikalar yordamida xonadon eshigini ochib, uy egasining 2012 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini tutun qoplagan xona ichidan hushsiz holatda qutqarib olib chiqishgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!