Qo‘mitaga 2024 yilda kelib tushgan murojaatlarning 8,2 foizi va joriy yilning dastlabki 4 oyi davomidagi 8,9 foizi telekommunikasiya xizmatlari sohasiga to‘g‘ri keladi. Bularning ko‘p qismi “Beeline” mobil aloqa xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lib, asosiy shikoyatlar tarif narxlari oshishi, qo‘shimcha xizmat va pullik kontent xizmatlarga ulanishi, hisob-kitoblardagi muammolar, xizmat sifati va boshqa masalalarga taalluqlidir.
✈️Mazkur murojaatlarda, oylik abonent to‘lovini to‘lash uchun hisobda yetarli mablag‘ bo‘lmagan holda, abonentlarning roziligisiz avtomatik tarzda kunlik tarif rejasiga ulanishi, kunlik to‘lov yechib olinganidan so‘ng trafikdan foydalanish imkoniyati berilmayotganligi hamda boshqa noqulayliklar mavjudligi bildirilmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, kunlik abonent to‘lovi “Yana”, “Hammasi ZO‘R”, “Multi Kuch” hamda yana 10 ga yaqin tariflarda quyidagi shartlar amal qiladi:
🔘 Oylik abonent to‘lovini yechish paytida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, avtomatik ravishda kunlik abonent to‘lovi (2000 so‘m) yechiladi.
🔘 Kunlik abonent to‘lovi avtomatik yechiladi va uni rad etish yoki o‘chirish imkoniyati mavjud emas.
🔘 Kunlik to‘lov to‘liq amalga oshmasa, hisob minusga tushiriladi va raqam bloklanadi. Bloklangan holatda taqdim etilgan trafikdan foydalanish imkoniyati berilmaydi. Blokdan chiqish uchun balansni ijobiy holatgacha to‘ldirish kerak;
🔘 Kunlik abonent to‘lovi, abonent hisobida oylik to‘lov uchun yetarli mablag‘ to‘planguncha avtomatik tarzda yechiladi. Mablag‘ yetarli bo‘lganda, oylik to‘lov yechilib, to‘liq oylik paket taqdim etiladi. Keyingi oylik to‘lov muddati shu sanadan boshlab bir oyga suriladi.
✈️ Shuningdek, amaldagi (faqat yangi ulanishlar uchun) Standart, Yashin, Aniq, Erkin, Start tarif rejalarida ham abonent balansida bir oylik abonent to‘lovi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa unda bir kunlik abonent to‘lovi yechiladi.
✈️ Kunlik tarif rejasini ixtiyoriy ravishda yoqish yoki o‘chirish, xizmatni rad qilish imkoniyati iste’molchida mavjud emas!
Mazkur kunlik tarif rejasining qo‘llanilishi iste’molchilar huquqlari kamsitilishiga va bir qator qonunchilik hujjatlari talablari buzilishiga olib kelmoqda. Xususan:
🔘Balansda kunlik to‘lov uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, hisob minusga tushirilib, raqam bloklanmoqda.
🔘Balans minusga yechilganligi natijasida raqam bloklanmoqda. Blok holatida esa, kunlik abonent to‘lovi doirasida taqdim etilgan trafikdan foydalanish imkoni taqdim etilmayapti. Ya’ni, 2000 so‘m hisobiga sotib olingan kunlik trafikdan foydalanish imkoniyati berilmasdan, ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq olinmoqda.
🔘Kunlik abonent to‘lovi avtomatik yechiladi – uni o‘chirib bo‘lmaydi. Bu holatda, iste’molchilar kunlik abonent to‘lovi xizmatdan foydalanishga majbur bo‘lmoqda.
🔘Iste’molchilarga kunlik tarifdan foydalanishni ixtiyoriy tanlash, yoqish yoki o‘chirish imkoniyati mavjud emas.
✈️ Yuqoridagilarga asosan, iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini himoya qilish maqsadida ayrim tarif rejalarining oylik va kunlik abonent to‘lovini yechish shartlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan Qo‘mita tomonidan “UNITEL” MCHJga ko‘rsatma xati yuborildi.
Bunda:
🔘Oylik abonent to‘lovi yechish vaqtida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, kunlik abonent to‘lovi avtomatik tarzda yechib olinishini bekor qilish.
🔘Abonentga kunlik xizmatdan foydalanishni ixtiyoriy ravishda (masalan, USSD-kod orqali) tanlash imkoniyatini berish.
🔘Abonent hisobidan oylik yoki kunlik abonent to‘lovlarini qarzga yechishga yo‘l qo‘ymaslik hamda joriy etiladigan o‘zgarishlar haqida abonentlarni o‘z vaqtida xabardor qilish.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.
Мексика президенти Клаудия Шейнбаум видеомурожаатида минтақадаги барча тадбирлар тўхтатилганини таъкидлади ва аҳолини уйда ёки бошпаналарда қолишга чақирди.
БМТ 2024 йилда болаларга қарши ҳарбий низолардаги зўравонликлар «мисли кўрилмаган даража»га етганини маълум қилди. Энг кўп ҳуқуқбузарликлар Ғазо ва ишғол этилган Ғарбий соҳилда Исроил армияси томонидан содир этилган.
20 июнь куни “Eco Expo Central Asia 2025” халқаро экологик технологиялар кўргазмаси доирасида Қозоғистон Республикаси Экология ва табиий ресурслар вазири Ерлан Нйсанбаев иштирокчиларнинг кўргазма стендлари билан танишди. Юқори мартабали меҳмонга Ўзбекистон Республикаси Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазири Азиз Абдуҳакимов ҳамроҳлик қилди.
Европа Иттифоқи Россия билан кўп йиллик энергетик алоқаларга чек қўйишни режалаштирмоқда. Яқинда қабул қилинган таклифга кўра, ЕИ 2027 йил охиригача Россиядан табиий ва суюлтирилган газ импорт қилишни тўхтатиш учун юридик мажбурий механизмлар жорий этмоқчи.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган видеода 8 нафар қиз келин либосида “Эр керак” деб ёзилган плакатлар билан марказий кўчаларни айланиб юргани акс эттирилган.