Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida suv quvuri qaziyotgan 4 kishini tuproq bosib qolib, ularning 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgandi. «Qoraqalpoq suv ta’minoti» voqea tafsilotlarini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston prokuraturasi voqea tumani «Suo‘yonli» ovuli hududida soat 05:30 larda yuz bergani, 1990 yilda tug‘ilgan S.U., voyaga yetmaganlar — 2006 yilda tug‘ilgan S.K., 2007 yilda tug‘ilgan S.M. va 2004 yilda tug‘ilgan D.M. yer ostidagi suv quvurini qazib olayotgan vaqtida tuproq o‘pirilib, bosib qolganini ma’lum qilgandi. S.U., S.K. va S.M. voqea joyida vafot etgan, voyaga yetmagan D.M. esa tuproq ostidan chiqarib olinib, Qo‘ng‘irot tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
«Qoraqalpoq suv ta’minoti» ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu fuqarolarning 3 nafari maktab o‘quvchilari bo‘lgan. Ular 9 iyun kuni tonggi soat 4:00—4:30 atrofida diametri 300 millimetr bo‘lgan cho‘yan quvurni noqonuniy tarzda sindirib olib ketmoqchi bo‘lganda, yog‘ingarchilik tufayli yumshab qolgan tuproq ostida qolgan. 3 kishi voqea joyida vafot etgan bo‘lsa, bir kishi qochib ketgan va keyinchalik huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushlanib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.
2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.