To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarning Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi iqtisodiy o‘sishga ta’siri qanday?

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarning Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi iqtisodiy o‘sishga ta’siri qanday?

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutti (PMTI) mutaxassislari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar (TTXI) oqimi Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi iqtisodiy o‘sishiga qanday ta’sir qilishini aniqlashga qaratilgan tadqiqot o‘tkazdi.

Tadqiqot natijalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar oqimining 1% ga ortishi Markaziy Osiyo mamlakatlarida 0,16% iqtisodiy o‘sishga olib kelishini ko‘rsatdi.

TTXI oqimiga, o‘z navbatida, ichki bozor hajmi, savdoning ochiqligi, tabiiy resurslar rentabelligi, infratuzilmalar sifati va inson kapitali kabi omillar ta’sir etadi.

Ularning orasida ichki bozor hajmi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar oqimiga sezilarli va ijobiy ta’sir qiluvchi asosiy omil ekanligi aniqlandi. Agar ichki bozor hajmi 1% ga ortadigan bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar oqimi 1,2% ga oshadi.

Infratuzilmalar sifati 1% ga yaxshilansa, kiritilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar oqimi 0,15% ga, inson kapitali 1% ga yaxshilangan taqdirda 0,51% ga ortadi.

Savdoning ochiqligi va tabiiy resurslarning rentabelligi ham kiritilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar oqimiga ijobiy ta’sir qiladi, ammo bu ta’sir ko‘lami juda kam bo‘ladi.

Tadqiqot davomida Markaziy Osiyo mamlakatlarining 2000-2020 yillardagi iqtisodiy hayotiga oid ko‘p o‘lchamli ma’lumotlardan foydalanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!