Tugadi: AQSh 24 nafar rossiyalik diplomatdan mamlakatdan ketishni so‘radi

Tugadi: AQSh 24 nafar rossiyalik diplomatdan mamlakatdan ketishni so‘radi

AQSh viza muddati tugagan 24 nafar rossiyalik diplomatdan mamlakatni tark etishni so‘radi. Bu haqda Rossiyaning Amerikadagi elchisi Anatoliy Antonov ma’lum qildi. Tegishli matnni diplomatik bo‘limning Facebookdagi sahifasida topish mumkin.

Elchi e’tiborini deyarli barcha xodimlar almashtirmasdan tark etishiga qaratdi. Bunga Vashington to‘satdan viza berish tartibini keskinlashtirgani sabab bo‘lgan.

Davlat arbobi boshqa masalalar haqida ham gapirdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya va AQSh strategik barqarorlik masalalarida kelishuvga intilmoqda. Mamlakatlar bu sohadagi inqirozni birgalikda yengib o‘tmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!