Trampning tariflari nemis avtomobillarini Yevropada arzonlashtirishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShdan tashqarida ishlab chiqarilgan barcha avtomobillarga 25 foizlik boj joriy qildi. Bu inqirozga uchragan nemis avtosanoati uchun og‘ir zarba bo‘ldi: 2024 yilda AQShga 450 ming nemis avtomobili eksport qilindi, bu boshqa mamlakatlarga qaraganda ko‘proq.
Mannheimdagi ZEW instituti iqtisodchisi Fridrix Xaynemanning bashorat qilishicha, “Yangi tariflar Yevropada avtomobillar narxining pasayishiga olib kelishi mumkin, chunki bozorda avtomobillar ortiqcha bo‘ladi”.
Biroq, avtomobil ishlab chiqaruvchilarning xursand bo‘ladigan joyi yo‘q - ular mashinalarni kamroq foyda bilan sotishlari yoki ishlab chiqarishni butunlay qisqartirishi kerak. Bu ish o‘rinlarini yo‘qotish xavfi va iqtisodiy o‘sishning pasayishini anglatadi.
"Avtomobillar Germaniyaning asosiy eksport mahsulotidir. Yangi bojlar iqtisodga jiddiy yuk. Savdo urushi kuchayib ketsa, zarar yanada katta bo‘ladi", - deydi Ifo instituti prezidenti Klemens Fuyest.
Bunga javoban YEI, Xaynemanning so‘zlariga ko‘ra, ehtiyotkorlik bilan harakat qilishi kerak: "Keng ko‘lamli eskalasiyani yuzaga keltirgandan ko‘ra, aniq zarbalar bergan ma’qul".
Tahlilchi Mattias Shmidt avtomobil ishlab chiqaruvchilarga Trampning beqaror savdo siyosatiga qaramligini kamaytirish uchun AQShdagi mavjudligini kuchaytirishni maslahat beradi. U AQShda yangi Scout brendi uchun zavod qurayotgan Volkswagen kompaniyasini misol qilib keltiradi.