Trampning rafiqasi va qizi Oq uyda qanday laqab bilan atalgan?

Trampning rafiqasi va qizi Oq uyda qanday laqab bilan atalgan?

AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniyani Oq uyda Rapunsel deb atashgan. Bu haqda AQSh ma’muriyatining sobiq matbuot kotibi Stefani Grishem yozgan kitobga asoslanib, Bussines Insider xabar berdi.

Stefani Grishem o‘z kitobida shunday deydi: «Men hozir Tramp davrida Oq uyda ko‘rganlarim haqida savollaringizga javob beraman. Tramp ma’muriyati xodimlari AQShning birinchi xonimini Rapunsel deb ataganiga sabab u o‘z vazifalarini e’tiborsiz qoldirib, Oq uydan deyarli chiqmasdi. Shuni ham ta’kidlash joizki, Melaniyani ota-onasi yoki o‘g‘li Barron bilan birga asosan ma’muriy saroydan topish mumkin edi».

Grishamning ta’kidlashicha, Melaniya ko‘p vaqtini fotoalbomlar ustida ishlashga sarflagan. Kitobning 5 oktyabrda chiqarilgan parchasida aytilishicha, fotoalbomlar Melaniyaning «ikkinchi farzandi» edi.

Bundan tashqari, Amerika sobiq rahbarining qizi Ivanka va uning eri Jaredga stajyorlar laqabi berilgan. Grishemning takidlashicha, Oq uy xodimlari ushbu juftlikni «hamma narsadan xabardor» kishilar deb hisoblardi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!