Trampga yana bir hujum uyushtirildimi?Kaliforniyada Tramp mitingi oldidan qurollangan odam hibsga olindi
Las-Vegasda yashovchi 49 yoshli Vam Miller Trampning chorrahadagi nazorat-o‘tkazish punktlaridan birida nutq so‘zlashidan bir soat oldin qo‘lga olindi – u qora yo‘ltanlamas mashinasini boshqarayotgan bo‘lib, uning yonida ov miltig‘i, o‘qlangan to‘pponcha bo‘lgan, deya xabar beradi BBC.
Xabar qilinishicha, erkak noqonuniy qurol va o‘q-dorilarni saqlashda ayblanib hibsga olingan va keyinroq 5000 dollar garov evaziga qo‘yib yuborilgan. Uning tinglovi kelgusi yilning 2 yanvariga belgilangan.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, hodisa Tramp yoki miting ishtirokchilari xavfsizligiga ta’sir qilmagan.
Mahalliy sherifning aytishicha, zobitlar Donald Trampga suiqasdning oldini olgan ko‘rinadi, biroq voqea bo‘yicha ko‘plab savollar javobsiz qolmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchi hokimiyatga o‘zini “Suveren fuqarolar” guruhi a’zosi ekanligini ham aytgan.
- Buni jangari guruh demagan bo‘lardim. Bu shunchaki hukumat va hukumat nazoratiga ishonmaydigan guruh, - deydi u.
CBS News federal huquq-tartibot idorasi vakiliga tayanib xabar berishicha, hozircha Trampning hayotiga suiqasd qilingani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Federal ma’murlar tergovni davom ettirayotganini aytishdi. Maxfiy xizmat va Federal qidiruv byurosi mazkur shaxsning hibsga olinganidan xabardor ekanliklarini va mahalliy polisiya xodimlariga minnatdorchilik bildirishgan, biroq voqea Trampning xavfsizligiga ta’sir qilmagan.
- Biz miting joyini himoya qilgani va prezidentlikka nomzod Tramp xavfsizligini ta’minlashga yordam bergani uchun huquq-tartibot idoralariga minnatdorchilik bildiramiz. Biz hibs haqidagi xabarlardan xabardormiz va hozirda vaziyatni kuzatib, qo‘shimcha ma’lumot to‘playapmiz, - dedi Tramp saylovoldi shtabi aloqalar bo‘yicha direktori Stiven Chung.