Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan keskin muzokaralardan so‘ng AQSh prezidenti Donald Tramp “tinchlikka tayyor emasligini” aytdi.
Tegishli nashr Amerika rahbarining Truth ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.
"Men prezident Zelenskiy AQSh ishtirok etsa, tinchlikka tayyor emasligini aniqladim, chunki u bizning ishtirokimiz muzokaralarda unga katta ustunlik berishini his qilmoqda. Men ustunlikni xohlamayman, men tinchlikni xohlayman. U Oval kabinetda Amerika Qo‘shma Shtatlariga hurmatsizlik qildi. U tinchlikka tayyor bo‘lganda qaytishi mumkin", deb yozdi u.
Eslatib o‘tamiz , ikki davlat prezidentlarining muzokaralari janjal bilan yakunlangan .
Uchrashuvni jonli efirga uzatgan Associated Press uni "Oval ofisdagi ochiq qarama-qarshilikning ajoyib namoyishi" deb atadi.
"Tramp Zelenskiyni AQSHGA Ukrainaning qimmatbaho minerallariga kirish huquqini beruvchi kelishuvga erishishga majburlash va uni Amerika rahbarining shartlariga ko‘ra urushni diplomatik yo‘l bilan hal qilish sari undash uchun harakatlarini oshkor qildi", deb yozadi gazeta.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.