Tramp Vensni 2028 yilda prezidentlikka nomzod qilib ko‘rsatishga chaqirgani haqidagi gaplarini tan olmayapti
AQSh prezidenti Donald Tramp 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida vise-prezident Jey Di Vensni qo‘llab-quvvatlashga shaxsiy da’vat qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Bu haqda AQSh preziyenti Donald Tramp ma’lum qildi.
"Men buni bir muncha vaqt oldin eshitganman... Menimcha, Vens ajoyib, lekin bu haqda o‘ylashga hali erta", dedi Tramp The Washington Post nashriga izoh berar ekan.
Avvalroq The Washington Post ikki xabardor manbaga tayanib, taxminan ikki hafta oldin Tramp shaxsiy ravishda: "Oxir-oqibat, biz Jey Dini saylashimiz kerak", deganini xabar qilgan edi.
Nashr ta’kidlaganidek, so‘nggi bir yil ichida Tramp vise-prezident Jey Di Vens ham, davlat kotibi Marko Rubio ham potensial vorislar bo‘lishi mumkinligini ochiqchasiga ta’kidlagan, ammo 2028 yilgi saylovlarda respublikachi nomzod sifatida kimni ko‘rishni afzal ko‘rishini aniq aytmagan.
Vensning o‘zi hali prezidentlikka nomzodini qo‘yish rejasini e’lon qilmagan. Iyun oyida u CBS telekanaliga oraliq saylovlardan keyin bu masalani rafiqasi bilan muhokama qilishini aytdi va Trampning qaroridan qat’i nazar, uning qo‘llab-quvvatlashiga ishonishini qo‘shimcha qildi.
