Tramp: Vashington Rossiya va Xitoy manfaatlarining mos kelishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Vashington Rossiya va Xitoy manfaatlarining mos kelishiga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini aytdi . Bu haqda u tadbirkor va milliarder Ilon Maskga bergan intervyusida aytib o‘tdi, suhbat X ijtimoiy tarmog‘ida namoyish etildi.
«AQShning sobiq prezidenti Barak Obama va hozirgi AQSh yetakchisi Jo Bayden Rossiya va Xitoyni birlashtirishdi. Agar siz tarix fakulteti talabasi bo‘lsangiz, shuni tushunishingiz kerakki, biz Rossiya va Xitoy manfaatlarining bir-biriga mos kelishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak», — dedi siyosatchi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarga Rossiya Federasiyasi va Xitoyga qarshilik ko‘rsata oladigan «aqlli prezident» kerak . Bunday holda, bu davlatlar AQShga tahdid solmaydi, deb hisoblaydi siyosatchi.