Tramp TikTok uchun tariflarni yumshatmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp ByteDance kompaniyasi bilan TikTokni sotish bo‘yicha kelishuv evaziga Xitoyga nisbatan joriy qilingan qo‘shimcha tariflarni kamaytirishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Lianhe Zaobao xabar berdi.
ByteDance 5 aprelgacha TikTokni xitoylik bo‘lmagan xaridorga sotishi kerak. Agar ushbu shart bajarilmasa, platforma milliy xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligi sababli taqiqlanishi kerak.
Aslida bu taqiq 2024 yilda qabul qilingan qarorga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyida kuchga kirishi kerak edi.
Tramp chorshanba kuni jurnalistlarga, agar TikTok bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, bu muddatni kechiktirishga tayyorligini aytdi.
TikTok hali bu bayonotga izoh bermadi.
O‘tgan yili qabul qilingan me’yoriy hujjatga ko‘ra, ByteDance 2025 yil 19 yanvargacha TikTokdan chiqishi kerak edi. AQSh Oliy sudi da’voni qondirganidan keyin, TikTok yanvar oyida AQShdagi faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Biroq Tramp hokimiyatga qaytganidan keyin platforma qayta ishga tushirildi.
Tramp prezident bo‘lishi bilanoq, u farmonga imzo chekdi va tegishli talabni bajarish muddatini 5 aprelga qoldirdi. O‘tgan oy esa kelishuvga erishish uchun bu muddatni yana uzaytirishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.