Tramp soxta sovg‘alar bilan siylanganmidi?

Tramp soxta sovg‘alar bilan siylanganmidi?

2017 yil may oyida Saudiya Arabistoni qirollik oilasi rahbari qirol Salmon ibn Abdulaziz Al Saud va AQSh prezidenti Donald Trampning uchrashuvi vaqtida, AQSh rahbariga soxta yo‘lbars terisidan tikilgan liboslar sovg‘a qilingan, deb yozmoqda The New York Times.

Saudiya Arabistoniga tashrif Trampning AQSh Prezidenti sifatida chet elga ilk tashrifi bo‘lib qirollik oilasi Amerika yetakchisiga va u bilan birga bo‘lganlarga 82 ta qimmatbaho buyumlar to‘plami, shu jumladan oq yo‘lbars va gepard terisidan tikilgan uchta cho‘ponni sovg‘a qilgan.

Tramp ma’muriyati sud jarayonidan qochish uchun saudiyaliklarning sovg‘alari haqida sukut saqlashga qaror qilgan. Ammo o‘tgan yilning yozida, Tramp AQSh prezidentligidan ketganidan so‘ng, vakolatli organlar sovg‘alarga qiziqib tekshiruv olib borgan.

Ekspertiza natijalari bo‘yicha, Trampga sovg‘a qilingan mahsulotlar soxta bo‘lib chiqdi - sovg‘alar hayvon terisiga o‘xshab tayyorlangan sun’iy materiallardan tikilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!