Toshkentning to‘rtta tumani hududiga gaz, ikkitasida esa elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning to‘rtta tumani hududiga gaz, ikkitasida esa elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning to‘rt tumani hududiga 25 avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ta’mirlash ishlari tufayli 25 avgust kuni soat 10:00 dan 26 avgust 09:00 gacha Bektemir, Sergeli va Mirobod tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Bektemir tumani “Nurafshon” mahallasi:

Aholi xonadonlari soni — 430 ta;

Ulgurji iste’molchilar soni — 105 ta.

Sergeli tumani “Eshonbuloq”, “Sadoqat” va “Izzatli” mahallalari:

Aholi xonadonlari soni — 1 080 ta;

Ulgurji iste’molchilar soni — 38 ta.

Mirobod tumani — “Qo‘yliq ota”, “Baratxo‘ja”, “Parvona” mahallalari va Qo‘yliq 2, 3, 4-dahalari

Aholi xonadonlari soni — 4 580 ta;

Ulgurji iste’molchilar soni — 92 ta.

Shuningdek, bugun soat 15:00 dan 18:00 gacha Yangihayot tumanining “Fayzli” mahallasiga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi:

Aholi xonadonlari soni – 78 ta;

Ulgurji iste’molchilar soni – 2 ta.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Bundan tashqari, 25 avgust kuni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlari hududida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

Mirobod tumani: “Yangi Mirobod” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Yakkasaroy tumani: “Yakkasaroy” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!