Toshkentning ikki tumani vaqtincha elektr energiyasidan uzildi

Toshkentning ikki tumani vaqtincha elektr energiyasidan uzildi

Mirzo Ulug‘bek va Yashnaobod tumanlari soat 7:00 dan soat 20:00 ga qadar elektr energiyasidan uzildi

Bugun, 23 iyun kuni soat 7:00 dan soat 20:00 ga qadar Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yashnaobod tumani elektr energiyasidan uzildi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu yangi tayanch ustunlarni o‘rnatish ishlari bilan bog‘liq.

Shu sabab Eron Respublikasi elchixonasi, Ko‘r-soqovlar maktab internati, Tuman jinoyat sudi, Qon quyish instituti, Diognostika markazi, Botkina ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish ob’ektlarining elektr energiyasi soat 07:00 dan 20:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli tumandagi ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi”Yu deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!