Toshkentliklarni va IIO xodimlarini jonli efirda haqorat qilgan shaxs kechirim so‘radi

Toshkentliklarni va IIO xodimlarini jonli efirda haqorat qilgan shaxs kechirim so‘radi

Ijtimoiy tarmoqlarda 9 dekabr kuni toshkentliklarni va IIO xodimlarini jonli efirda haqorat qilgan shaxs kechirim so‘rab chiqdi.

Videoda haqorat qilgan shaxs Namangan viloyatida istiqomat qilishi aniqlangan. U 10 dekabr kuni qilgan ishidan pushaymon bo‘lib, kechirim so‘rab chiqqan.

“Men kecha kechqurun videolayfda bilmasdan, davlat xodimlarini so‘kib yuborganman. Hammadan kechirim so‘rayman.

Bilmasdan gapirvorgan gaplarimga toshkentliklardan ham kechirim so‘rayman. Hamma kechirishini xohlayman”, — degan fuqaro.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!