Toshkentdagi metan zapravkada kuchli yong‘in bo‘layotgani rostmi?

Toshkentdagi metan zapravkada kuchli yong‘in bo‘layotgani rostmi?

Biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda “Aytishlaricha, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Metan, gaz zapravka“da kuchli yong‘in sodir bo‘layotgan ekan” mazmunidagi video xabar tarqatildi.

Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining Matbuot kotibi Bobur Tulyaganovga ko‘ra, ushbu xabar mutlaqo yolg‘on bo‘lib, FVV yoki IIBBga murojaat yoki xabar kelib tushmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra bu o‘tgan yillarda sodir bo‘lgan holat.

"Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq faollari va blogerlardan ushbu yolg‘on axborotni tarqatmaslikka chaqiramiz", deb yozadi mutasaddi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!