Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchi qizning yubkasini yechib yuborgani aytildi (FOTO)

A A A
Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchi qizning yubkasini yechib yuborgani aytildi (FOTO)

Toshkentning Uchtepa tumanida joylashgan 38-o‘rta maktabning 6-sinf o‘quvchisi sinf rahbari tomonidan sinfdoshlarining oldida izza qilingani haqidagi murojaat yuzasidan «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimov surishtiruv olib bordi.

O‘zini o‘qituvchisi tomonidan tahqirlagan deb aytayotgan 12 yoshli Hulkar (ismi o‘zgartirilgan)ning aytishicha, voqea 2 mart kuni tushdan keyin ro‘y bergan.

«Jismoniy tarbiya darsidan chiqib, ingliz tili darsiga kelganimizda sinf rahbarimiz (Ma’mura Isaqulova) kirib keldi. Hamma qizlarni doskaga chiqarib, oyoq va ustki kiyimlarni to‘g‘rilab, darsga kelishimizni aytdi. Mendan oldinda turgan ikkita qizga ham ustidagi kiyimi va yubkasini o‘zgartirib kelishni buyurdi. Oxirida menga navbat keldi. Yubkamni zamogini yarmigacha yechib, ‘Buni almashtirgin, bo‘lmasa, keyingi safar ham yechib olaman’, dedi. Keyin yubkamni yopdim, partaga o‘tirayotganimda bolalar ustimdan kulishdi», — dedi Hulkar.

Qizning onasi «Daryo» muxbiri bilan suhbatda Hulkar soat 16:00 lar atrofida ikki sinfdoshi bilan uyga yig‘lab kelganini aytdi.

«Titragan va holati og‘ir edi. ‘Nima bo‘ldi?’, deb so‘rasam, ‘Maktabga bormayman’, deb yig‘lab yubordi. Sal o‘ziga kelgach, ‘O‘qituvchim sinfdoshlarim oldida yubkamni yechdi. O‘g‘il bola sinfdoshlarim meni qattiq haqorat qildi. Maktabga bormayman, meni sharmanda qilishdi’, dedi», — deydi ona.

Foto: «Daryo»

Hulkarning onasi qizi aytgan holat haqiqatdan ham bo‘lgan-bo‘lmaganligiga oydinlik kiritish uchun uning sinfdoshlari bilan gaplashgan, suhbatni audioga yozib olgan.

«Bir o‘rtog‘idan: ‘O‘qituvchi rostan Hulkarning yubkasini yechdimi?’, deb so‘rasam, ‘Ha, bolalar masxara qilib tashladi. Keyin qizingizning mazasi bo‘lmadi, doktorga olib tushsak, yo‘q ekan. Yuzini yuvib, darsda qatnashdi, o‘qish tugagach birga uyga olib bordik’, dedi. Undan tashqari yana ikki dugonasi ham qizim aytgan gaplarni tasdiqladi», — dedi Hulkarning onasi.

Onaning ta’kidlashicha, yuz bergan voqea qizining ruhiyatiga og‘ir ta’sir qilgan. «Gapirgisi kelmay, ovqat yemadi, suv ichmadi. Keyin tez yordam chaqirishga majbur bo‘ldik. Shifokor situasion nevroz, deb tashxis qo‘ydi», — deydi ona. Shifokor bu yoshdagi bolalar gap ko‘tara olmasligi, o‘zini boshqarish, depressiyadan chiqishni bilmasligini, bu holda qand kasalligini orttirib olishi mumkinligini aytib, uni bolalar psixologi ko‘rigidan o‘tkazishni tavsiya qilgan.

Maktab direktori Gulnora Qo‘chqorova o‘qituvchi o‘quvchining yubkasi yechilganini rad etdi.

Maktab direktori Gulnora Qo‘chqorova.

Foto: «Daryo»

«Hulkarning sinfdoshlari menga aytdiki, o‘qituvchi: ‘Yubkangni zamogida katta yumalog‘i bor, bu ko‘zga tashlanadi. Sen qiz bolasan, endi katta bo‘lib qolding, zamokni yo o‘ng tomonga qilib olgin yoki boshqa yubka kiygin’, deb gapirgan, xolos. Boshqa sinfdoshlari shuni tasdiqladi. Onasiga ham sinfdoshlari o‘qituvchi yubkani yechmagani, faqat undan ushlaganini aytgan. Sinfdoshlaridan birining aytishicha, Hulkar bo‘lgan voqeani «oyimga oshirib aytaman» degan», — dedi maktab rahbari.

Hulkarning sinf rahbari Ma’mura Isaqulova 33 yillik stajga ega, musiqadan dars beradi. Uning aytishicha, u o‘quvchiga yubkasi belgilangan me’yorlarga to‘g‘ri kelmagani uchungina tushuntirish bergan xolos.

«Xonaga kirib, avval o‘g‘il bolalarni turg‘azdim, ularga formaga tushib olish kerakligini aytdim. So‘ng qizlarni doskaga chiqarib, har biriga alohida-alohida tushuntirdim... Butun sinfga eshitiladigan qilib gapirganim ham yo‘q», — deydi Ma’mura Isaqulova.

Maktabda tavsiya etilgan forma va Hulkarning yubkasi.

Foto: «Daryo»

Navbat Hulkarga kelganida sinf rahbari uning yubkasidagi yumaloq temirni ushlab, bu libos bo‘lmasligini, o‘quvchi qiz boshqa yubkasini kiyib kelishi lozimligini aytgan. Sinf rahbarining ta’kidlashicha, uning bu so‘zlariga javoban Hulkar: «Ha», deb javob bergan.

«Uning yubkasi belgilangan standartga to‘g‘ri kelmaydi, tor, istalgan vaqtda yechilib ketishi mumkin... Hech kimning yubkasini yechganim ham yo‘q. Forma tekshiruvini tugatgach, hamma qizlar joyiga o‘tirdi, men o‘zimning darsimga chiqib ketdim», — deya qo‘shimcha qildi Ma’mura Isaqulova.

Vazirlar Mahkamasining «Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida yubkaning aynan zamokli bo‘lish-bo‘lmasligi haqida gap yo‘q. Shunga qaramay, maktab direktorining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Muhabbat Alimovaning so‘zlariga ko‘ra, maktabning o‘z ustavida forma belgilab qo‘yilgan.

Maktab ustavining forma masalasidagi qismi.

Foto: «Daryo»

«Hozir yagona forma majburiy bo‘lmasa-da, o‘quvchilarga oq-qora rangli formada bo‘lishlari kerakligini aytamiz. Agar forma deb turmasak, o‘quvchilar maktabga ming xil rangli kiyimda kelishi mumkin. Hulkarning yubkasida zamok bo‘lishi bizga to‘g‘ri kelmaydi, zamok buzilib qolishi mumkin. Ustavga to‘g‘ri keladi, ammo tor», — dedi direktor muovini.

Ona qizini izza qilgan o‘qituvchi ustidan shikoyat qilish maqsadida Xalq ta’limi vazirligining 1006 ishonch raqamiga va mas’ul xodimlariga uch soat davomida qo‘ng‘iroq qilib, bog‘lana olmagan.

«Xalq ta’limi vazirligiga e’tirozimning birinchisi shuki, sinf rahbari boshqa fan hisobidan o‘quvchilarga tushuntirish olib borishi noto‘g‘ri. Ikkinchidan, agar qizimning formasi qoidaga to‘g‘ri kelmasa, buni uning kundaligiga yozib berishi kerak edi. Agar kundalikni ko‘rib, qo‘l qo‘yib borsam-u, lekin u shu yubkasini kiyishda davom etadigan bo‘lsa, maktab vakillari komissiya tuzib uyimga kelishi lozim. Bu ishlarning hech biri bo‘lmagan, bo‘lgan taqdirda ham o‘quvchining yubkasini yechishga hech kimni haqi yo‘q», — deydi ona.

Onaning qo‘shimcha qilishicha, o‘qituvchi tomonidan standartlarga to‘g‘ri kelmaydi deb aytilayotgan yubkani Hulkar o‘quv yili boshlangandan buyon kiyib kelmoqda. Shu vaqtgacha uning o‘qishi bo‘yicha ham, formasi bo‘yicha ham o‘qituvchilar tomonidan hech qanday e’tiroz bo‘lmagan edi.

Ma’mura Isaqulova o‘quvchilarga tanaffus paytida tushuntirish berganini aytmoqda. Hulkarning sinfdoshlari esa sinf rahbari ingliz tili darsi vaqtida forma masalasida tushuntirish berganini ta’kidlamoqda.

Sinf rahbari Hulkarning formasi talabga javob bermasligi masalasida uning ota-onasini xabardor qilmaganini aytdi. «Lekin ota-onalar forma bo‘yicha farzandlarining kundaligiga yozilgan talablar bilan tanishib, qo‘l qo‘yib bergan», — deya qo‘shimcha qildi sinf rahbari.

38-maktab binosiga kirish joyi.

Foto: «Daryo»

Voqea bo‘lgan vaqtda sinfda bo‘lgan o‘quvchi qizlar «Daryo» muxbiri bilan suhbatda Hulkarning onasiga aytgan gaplarga zid ma’lumot berdi. O‘quvchi qizlar dastlab: «Doskada Hulkarning yonida hech kim yo‘q edi, o‘qituvchi Hulkarni to‘sib turgan edi, shuning uchun nima bo‘lganini ko‘rmadik», dedi. Keyinroq esa «sinf rahbarimiz uning faqat yubkasi zamogidan ushlab tanbeh berdi» dedi. Ayni vaqtda ular sinf rahbari Hulkarning yubkasiga tegingan vaqtda hamma bolalar kulib yuborgani va tarbiyaviy soat ingliz tili darsi hisobidan bo‘lganini tasdiqlagan.

Qizning otasi o‘qituvchiga chora ko‘rish uchun ichki ishlar idorasiga ariza bilan murojaat qilgan. «Agar biz hozir jim tursak, ertaga bu holat boshqa o‘quvchilar bilan ham takrorlanishi mumkin. Maqsadim — bu kabi holatlar ortiq yuz bermasin», — deya ta’kidladi Hulkarning otasi.

Uchtepa tuman voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori kapitan Oqil Abdurahmonovning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, shikoyat bo‘yicha tegishli tartibda ish boshlangan. Uning ta’kidlashicha, surishtiruv o‘rnatilgan tartibda olib borilib, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga qonuniy chora ko‘riladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)

Англиянинг Манчестер шаҳри мезбонлик қилаган профессионал бокс оқшомида ўзбекистонлик оғир вазнли чарм қўлқоп устаси Баҳодир Жалолов навбатдаги жангини ўтказди.

Germaniya aholisi Erondagi urush sababli shaxsiy avtomobillardan voz kechmoqda

Verivox портали буюртмасига асосан ўтказилган сўровномада иштирок этганларнинг 48 фоизи шундай фикр билдирган.

Denovda kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Шифокорлар кўрсатган ёрдамга қарамай, у шифохонада вафот этган.

Eron rasmiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish uchun yuzlab katerlardan iborat "chivinlar floti"dan foydalanmoqda

Нашрнинг ёзишича, бу "чивинлар флоти" Теҳроннинг энг фаол устки денгиз кучи ҳисобланади.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

«Real» Vinisius, Mbappe va Bellingem borasida bir qarorga keldi

Матбуотда Мадриднинг "Реал" клуби таркибни шакллантириш бўйича турли маълумотлар пайдо бўлмоқда.

Yana bir davlat Eronga maxfiy ravishda hujum uyushtirgan

Бу ҳақда Reuters агентлиги Ғарб давлатлари ва Эрондаги манбаларига таяниб хабар берди.

«Real»da «tozalash» ishlari: Faqat 5 futbolchi «dahlsiz»

Мадриднинг «Реал» клуби раҳбарияти кетма-кет муваффақиятсизликлар ва кийиниш хонасидаги доимий жанжаллар фонида таркибни жиддий тарзда қайта кўриб чиқишга қарор қилди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Tramp: "Dunyodagi eng faol terrorchisi yo‘q qilindi"

Америка етакчиси баёнотни ўзининг Truth Social саҳифасида эълон қилди.

Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i: "Ukraina urushni tugatishga tayyor"

Бу ҳақда Украина Қуролли Кучлари Бош штаби бошлиғи генерал-лейтенант Андрей Гнатов айтиб ўтди.

Rossiya Ukraina rahbariyatini yo‘q qilishni rejalashtirmoqda

Унинг сўзларига кўра, Украина махсус хизматлари пойтахт ва мамлакатнинг бошқа шаҳарларидаги бўлажак ҳужумлар нишонлари батафсил кўрсатилган Россия ҳужжатларига эга.

Tyumenda favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan samolyot ekipaji Tobolskka olib ketiladi

Бу ҳақда ТАСС агентлигига вилоят ҳукумати ахборот маркази маълум қилди.

Robert Fiso Putin bilan uchrashuvdan so‘ng Yevropa Ittifoqi yetakchilariga muhim ma’lumot yetkazishini ma’lum qildi

Словакия Бош вазири Роберт Фицо Москвада Россия етакчиси Владимир Путин билан учрашганидан сўнг, Европа Иттифоқи давлатлари раҳбарларига муҳим маълумотларни етказиш ниятида.

Putin «Moldovani darg‘azab qiluvchi» hujjatni imzoladi

Россия президенти Владимир Путин Днестрбўйи аҳолисининг Россия фуқаролигини олишини осонлаштирувчи фармонга имзо чекди.

O‘zbekiston delegasiyasi “Women in Tech Global Summit 2026”da ishtirok etdi

Ҳар йили ўтказиладиган “Women in Tech 2026” саммити Африканинг энг йирик технологик хабларидан бири ҳисобланган Кейптаун шаҳрида (Жанубий Африка Республикаси) бўлиб ўтди. Бу галги тадбир дунёнинг 60 мамлакатидан 700 дан ортиқ иштирокчини, хусусан, халқаро ташкилотлар, технологик компаниялар, давлат сектори, стартап-экотизимлар ва “Women in Tech” глобал ҳамжамияти вакилларини бирлаштирди.

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

Ўзбекистон тарихида илк бор йирик халқаро акциядорлик битими амалга оширилди — “Ўзбекистон Республикаси Миллий инвестиция жамғармаси” АЖ (UzNIF) ўз акцияларини Лондон ва Тошкент фонд биржаларида оммавий савдога чиқарди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Гаитида қуролли тўдалар ўртасидаги шиддатли тўқнашувлар оқибатида сўнгги уч кун ичида қарийб 5300 киши ўз уйини тарк этишга мажбур бўлди.

«Nakba»ning 78 yilligi: halok bo‘lganlar soni 50 foizga oshdi, vayronagarchilik esa bir necha barobar kuchaydi

78 йил аввал содир бўлган «Буюк фожеа» — «Накба»дан кейин фаластинликлар яна ўша азобларни бошдан кечирмоқда, аммо бу сафар анча кенг кўламда.

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.

“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi

Шунингдек, ушбу ноқонуний ишга буюртмачи шахснинг 1980 й.т. отаси ҳам алоқадор эканлиги аниқланиб, у ҳам процессуал тартибда ушланди.

Zelenskiyni ag‘darish rejasi fosh bo‘ldi

Британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркуриснинг YouTube каналидаги баёнотига кўра, Украина президенти Владимир Зеленскийга қарши сиёсий босим ортиб бораётгани уни лавозимдан четлатиш режасининг бир қисми бўлиши мумкин.

Nega qo‘shni davlatdagi ziyolilar O‘zbekistonga havas qilmoqda? Xalq shoirining «Riyosiz so‘zlar»i

Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар ­­­– Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.