Toshkentdagi Davlat drama teatrida vaqtincha tomoshalar o‘tkazilmaydi

Toshkentdagi Davlat drama teatrida vaqtincha tomoshalar o‘tkazilmaydi

Binoda ta’mirlash ishlari ketayotgani sababli 1 apreldan Toshkent shahridagi O‘zbekiston davlat drama teatrida bir muddat tomoshalar o‘tkazilmaydi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’mir ishlari qancha vaqt olishi haqida aniq sana keltirilmagan. Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, muddat qurilish ishlarining borishi va moddiy ta’minotda uzilish bo‘lmasligiga bog‘liq.

O‘z navbatida, tomoshagohning ijodiy jamoasi joylarda ko‘chma spektakllar namoyishini va gastrol safarlarini davom ettiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!