Toshkentda “Zakovat”ning Markaziy Osiyo kubogi uchun bahslar boshlandi

Toshkentda “Zakovat”ning Markaziy Osiyo kubogi uchun bahslar boshlandi

“Zakovat” intellektual o‘yinida tarixda birinchi marta Markaziy Osiyo kubogi o‘yinlari boshlandi. Mukofot jamg‘armasi 200 mln bo‘lgan bahslarda Markaziy Osiyoning 5 ta davlatidan kelgan jamoalar kuch sinashmoqda.

24-25 sentyabr kunlari “Zakovat” intellektual o‘yinining sport yo‘nalishida tarixda birinchi marta Markaziy Osiyo kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur bahslarda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan jami 50 ga yaqin jamoalar ishtirok etadi. Musobaqa sovrini jamg‘armasi 200 millionni tashkil etadi va g‘oliblar:

  • 1-o‘rin – 100 million;
  • 2-o‘rin – 60 million;
  • 3-o‘rin – 40 millionni qo‘lga kiritadilar.

1-o‘rin va 2-o‘rinni egallagan jamoalar bosh sovrin – qimmatbaho kubok uchun alohida kuch sinashadi.

24 sentyabr kuni saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tishi, uning natijalariga ko‘ra, ertaga bosh sovrinlarni qo‘lga kiritadigan 8 ta jamoa aniqlanishi ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!