Toshkentda «Xalqaro itlar kuni» festivali o‘tkaziladi

Toshkentda «Xalqaro itlar kuni» festivali o‘tkaziladi

O‘zbekistondagi birinchi uysiz itlarni reabilitasiya qilish markazi «Mehr» Xalqaro bayram munosabati bilan itlarni yaxshi qo‘llarga topshirish festivalini o‘tkazmoqda. Unda har kim mehr-oqibat muhitiga sho‘ng‘ishi, hamfikrlar bilan muloqot qilishi, maroqli vaqt o‘tkazishi va uysiz hayvonlarga yordam berishi mumkin.

Qayd etilishicha, bugun mamlakatda hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik avj olmoqda va ko‘plab fuqarolar itning fidoiyligi, sadoqatini unutib, itlardan qo‘rqib ulardan o‘zini olib qochmoqda. Kun davomida bo‘lib o‘tadigan festival doirasida tashkilotchilar bolalarga va kattalarga qiziqarli bo‘ladigan dastur ishlab chiqqan:

  • Markaz itlari, ularni uyga olib ketsa ham bo‘ladi;
  • «Mehr — klass» mehr-oqibat darslar;
  • Turli master-klass va interaktivlar;
  • Itlar bilan yoga;
  • Raqs flesh-mobi;
  • Xayriya yarmarkasi;
  • Fudkortlar;
  • Dijeylar, musiqachilar va ko‘plab qiziqarli tadbirlar

Tadbir 2 iyul kuni Central Park (sobiq Telman)da bo‘lib o‘tadi. Festival soat 10:00 dan 20:00 gacha davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!