Toshkentda uzoq davom etgan yomg‘irdan so‘ng tog‘ havosi kabi musaffo muhit kuzatilmoqda

Toshkentda uzoq davom etgan yomg‘irdan so‘ng tog‘ havosi kabi musaffo muhit kuzatilmoqda

Soat 15:00 holatiga poytaxt havosi sifati “yashil” darajani ko‘rsatmoqda. Havo tarkibidagi barcha ifloslantiruvchi moddalar me’yoriy qiymatlardan ancha past holatda qolmoqda. Shahar dunyo shaharlari orasida havo sifati bo‘yicha 52 o‘rinda.

“Shahar havosi xuddiki tog‘ havosi kabi toza muhitni taqdim etmoqda. Mazkur havoda tashqi muhitda sayr qilish, havodan to‘yib-to‘yib nafas olish kerak. Bu inson fiziologiyasi va qisman psixologiyasiga ham foydali”, deya yozadi “O‘zgidromet” mutaxassisi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!