Toshkentda o‘z chaqalog‘ini 18 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Toshkentda o‘z chaqalog‘ini 18 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Ma’lum bo‘lishicha, ayol 1993 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. U Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahri Yangihayot tumani bo‘limi va tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan bolasini sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi ayol 2014 yilda 1987 yilda tug‘ilgan erkak bilan shar’iy nikohda yashagan. Ikki nafar farzandi dunyoga kelgach esa qonuniy nikohdan o‘tgan. 2019 yilda esa mojaro sabab ayol uyini tashlab ketgan. Shundan so‘ng 2021 yilda yana homilador ekanini bilgan. Ayolga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi «a» bandi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!