Toshkentda "Tracker" to‘xtab turgan avtobusga to‘qnashib yonib ketdi

Toshkentda "Tracker" to‘xtab turgan avtobusga to‘qnashib yonib ketdi

Joriy yilning 22 yanvarga o‘tar kechasi taxminan soat 00.40 larda Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida "Tracker" to‘xtab turgan avtobusga to‘qnashib yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ushbu ko‘chadagi 4-sonli avtokorxona qarshisida1998 yilda tug‘ilgan haydovchi A.T. davlat raqami 01 D 467 SB bo‘lgan "Tracker" avtomobilida tezlikni oshirib harakatlangan.

Natijada rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida harakatsiz turgan "Isuzu" avtobusi bilan to‘qnashuv sodir etgan. To‘qnashuvdan so‘ng "Tracker" avtomobilining old qismida yong‘in chiqqan.

YTH natijasida "Tracker" avtomobilidagi yo‘lovchilar - 1992 yilda tug‘ilgan D.U., 1992 yilda tug‘ilgan M.P., 1998 yilda tug‘ilgan S.A.lar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!