Toshkentda "Tez yordam" haydovchisining qoidaga bo‘ysunmagani bemor ayolga qimmatga tushdi

A A A
Toshkentda "Tez yordam" haydovchisining qoidaga bo‘ysunmagani bemor ayolga qimmatga tushdi

Inson hayot chorrahalarida bilib-bilmay xatoliklarga yo‘l qo‘yishi oqibatida yaxshigina dars oladi. Bu jarayonda eng muhimi to‘g‘ri xulosa chiqara olishda. Biroq shundaylar borki, boshi devorga bir marotaba urilgan bo‘lishiga qarmay, yana o‘sha “ko‘cha”ga kiraveradi. 39 yoshli “qahramoni”miz ham ana shu toifa kishilardan. Yo‘qsa, bir gal transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish” jinoyatini sodir qilib, keyin esa o‘zi odamlarning salomatligi yo‘lida kamarbasta bo‘ladigan shaxslardan biri bo‘la turib “qasddan badanga yengil shikast yetkazish” jinoyatiga qo‘l urmagan bo‘lardi. Ikki marotaba bilmay xato qilganda, dersiz. Lekin uchinchi bor ham ayni birinchi xatosini takrorlaganiga nima deysiz?

Gap shundaki, sudlanuvchi tez tibbiy yordam avtomashinasi haydovchisi. Voqea sodir bo‘lgan kuni kechki soat 19:30 larda “Damas” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasida Olmazor tumani, A.Qodiriy ko‘chasi tomonidan Qorasaroy-Nurafshon ko‘chalari kesishgan chorrahasi tomonga harakatlanib borgan. Unga nisbatan svetoforning qizil chirog‘i yonishiga qaramasdan, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib, unga nisbatan boshqa harakat qatnashchilarining yo‘l berganligiga to‘liq ishonch hosil qilmasdan, Yo‘l harakati qoidalarining 25, 77-bandlari talablariga rioya qilmay chorrahani kesib o‘tayotgan vaqtida, unga nisbatan o‘ng tomondan, ya’ni Sebzor-Nurafshon ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib kelib svetoforning yashil chirog‘iga o‘z harakatini boshlayotgan haydovchi boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir qilgan. Natijada “Damas”da bo‘lgan yo‘lovchi ayol og‘irlik darajasiga ko‘ra hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jaroxati olgan.

Biroq sudlanuvchi sud majlisida aybiga iqror bo‘lmagan.

— Ish joyimdan yordamchi kuch sifatida ishga jo‘natildim va menga “Damas” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasi biriktirildi. Voqea sodir bo‘lgan kuni soat 18:30 larda Olmazor tumani Qorasaroy ko‘chasidagi uydan xabar tushgach, shifokorlar bilan manzilga yetib bordik. Ushbu xonadonda 2 nafar kasallangan bemor bor edi. Ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatish kerakligini inobatga olib, shifokor ko‘rsatmasiga asosan ularni 2-Toshkent tibbiyot akademiyasiga olib ketdik. “Damas”da kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifasini bajarish uchun ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchasi yoqilgan va maxsus tovushli ishorani yoqqan holda, Olmazor tumani Qorasaroy ko‘chasi bo‘ylab 50 km/soat tezlikda harakatlandim. Yonimda o‘tirgan shifokor sirenani yoqqan holda “rupr”da gapirib keldi. Yo‘nalishim bo‘yicha oldinda chorrahagacha avtomashinalar ko‘pligi sababli yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib, chorrahaga kirib bordim. Qorasaroy-Nurafshon ko‘chalari kesishgan chorrahaga kelib, avval chap tomondan kelayotgan qator avtomashinalar meni o‘tkazib yuborishi uchun to‘xtaganim sababli chorrahaga kirib, chorraha o‘rtasida to‘xtab, ko‘chaning o‘ng tomonidan, ya’ni Sebzor ko‘chasi tomonidan kelayotgan avtomashinalar to‘xtab meni o‘tkazib yuborayotganligini ko‘rib, oldinga 30 km/soat tezlikda harakatlanib, chorraha chegarasidan chiqib ketish uchun juda kam masofa qolganida menga nisbatan o‘ng tomonidan harakatlanib kelayotgan haydovchi boshqaruvidagi “Lasetti” avtomashinasi meni o‘tkazib yubormasdan, chorrahaga harakatlanib kirdi. Natijada to‘qnashuv sodir qildi, “Damas” avtomashinasi ag‘darilib ketdi. Chorrahaga qizil chiroqda kirmadim, u haydovchi boshqaruvidagi “Lasetti”ning yo‘nalishi bo‘yicha haydovchini oldida boshqa avtomashinalar bo‘lmagan. Shu sababli uni to‘qnashuvgacha yo‘nalishi bo‘yicha uch yoki to‘rtta avtomashina to‘g‘riga o‘tib ketgan, - deydi sudlanuvchi.

Qaynonasi ikkalasi “COVID-19” infeksiyasi bilan kasallanganligi sababli tez tibbiy yordam chaqirganini ma’lum qilgan jabrlanuvchi ham o‘sha kuni shifokorlar ularni “Damas” tez tibbiy yordam avtomashinasida shifoxonaga olib ketishayotganida to‘qnashuv sodir bo‘lganini ma’lum qilgan.

— “Damas” avtomashinasi ag‘darilib, bizni boshqa tez tibbiy yordam avtomashinaga ortib shifoxonaga olib ketishdi. Men “Damas”ning orqa tarafida o‘tirganim sababli “Lasetti” rusumli va “Damas” rusumli avtomashinalarning harakatini aniq ko‘rmadim. YTH natijasida og‘ir tan jaroxati oldim, - deydi yo‘l transport hodisasi natijasida uni sog‘lig‘ini tiklash uchun amalga oshirilgan jarrohlikda 36 129 933 so‘m moddiy zarar yetkazilganini va unga yetkazilgan ma’naviy zarar miqdori 20 000 000 so‘mni tashkil qilishini bildirgan jabrlanuvchi. — Sog‘lig‘imga shikast yetkazilganligi oqibatida mehnatga yaroqsiz bo‘lib, ishlay olmayotganim bois 8 000 000 so‘m ish haqini yo‘qotib, mahrum bo‘ldim, - deya so‘zini davom ettirgan jabrlanuvchi moddiy, ma’naviy zararni hamda yo‘qotilgan ish haqini undirishni so‘radi.

Sudning hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi. Unga ish haqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Sudlanuvchidan Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi maxsuslashtirilgan avtoxo‘jaligi davlat muassasasi foydasiga 10 297 120 so‘m, jabrlanuvchiga 15 603 223 so‘m moddiy va 5 575 000 so‘m ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.

Xurshid Sodiqov,

jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

Germaniya kansleri Putinni Gitlerga qiyosladi

Агар Украина таслим бўлса, уруш шу билан тўхтамайди.

Avstraliyada Xanuka bayramini nishonlayotgan yahudiylarga hujum yuzasidan Isroil bosh vaziri munosabat bildirdi

Сизнинг ҳукуматингиз эса антисемитизмга қарши ҳеч нарса қилмади, деган Нетаняху.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.

Qozog‘istonda 52 kishi poyezdda is gazidan zaharlandi

«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.