Toshkentda “Osiyo bolalari” Xalqaro sport o‘yinlari o‘tkazilishi mumkin

Toshkentda “Osiyo bolalari” Xalqaro sport o‘yinlari o‘tkazilishi mumkin

Ushbu masala poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va “Osiyo bolalari” o‘yinlari xalqaro qo‘mitasi raisi Vladimir Maksimov o‘rtasida muhokama qilindi.

V. Maksimov J. Ortiqxo‘jayevga Toshkent nomidan ariza yuborish va 2023 yilda musobaqani qabul qilish taklifini bildirdi.

Uning doirasida, o‘yinlarni qabul qiluvchi shahar beshta asosiy o‘yinga qo‘shimcha tarzda uchtagacha milliy ko‘cha o‘yinlarini kiritishni taklif qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi o‘yinlar Rossiyaning Vladivostok shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar umumjamoa hisobida 114ta medal bilan II o‘rinni egalladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!